Alexander Büttner





Alexander Büttner (talaffuzi: Aleksandr Buttner; 1989-yil 11-fevralda tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, „De Graafschap“ klubi himoyachisi hisoblanadi.




Klublardagi faoliyati



Manchester United



21-avgust kuni Alexander Büttner „Manchester United“ futbol klubiga oʻtdi va klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Hamda, uning klubdagi rasmiy debyuti 2012-yilning 15-sentyabrida, premyer-liganing 4-turi doirasida „Wigan“ klubiga qarshi boʻlib oʻtgan. Shuningdek, oʻsha oʻyinda Alexander Büttner raqib darvozasiga gol urdi va shu bilan bir qatorda yana bir golli uzatmani amalga oshirdi.



Anderlecht



2016-yilning 1-fevralida Alexander Büttner Belgiyaning „Anderlecht“ klubiga ijaraga oʻtdi.



Vitesse



2017-yilning 16-yanvarida Alexander Büttner 2,5 yillik shartnoma imzolab, „Vitesse“ futbol klubiga qaytgan.



New England Revolution



2019-yil 1-noyabrda Alexander Büttner MLSning „New England Revolution“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Uning Shimoliy Amerika ligasidagi debyuti 2020-yil 9-iyul kuni MLS is Back Tournamentining „Monreal Impact“ futbol klubiga qarshi oʻyinida boʻlgan. Ammo, 2021-yil 20-yanvarda Alexander Büttner tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra „New England Revolution“ bilan shartnomasini bekor qilgan.



Waalwijk



2021-yilning 12-iyulida Büttner bir mavsumlik shartnoma asosida „Waalwijk“ futbol klubiga qoʻshildi.



Xalqaro faoliyati



2008-yilda Alexander Büttner Niderlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazdi va yoshlar terma jamoasiga chaqirildi va u 8 oʻyinda maydonga tushgan.


2012-yil 7-may kuni Bert van Marveyk Alexander Büttnerni Yevropa chempionatiga boradigan Gollandiya terma jamoasi futbolchilarning kengaytirilgan tarkibiga kiritgan.



Statistika




Manbalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz