Alexander Beilinson





Aleksandr Beylinson (inglizcha: Alexander Beilinson) (1957-yil 13-iyunda tugʻilgan) — sovet ittifoqilik va amerikalik matematik. Gavdalantirish teoriyasi, algebraik geometriya, matematik fizika sohalariga qoʻshgan hissasi bilan tanilgan. 2018-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.


Beylinson 1988-yil Moskva davlat universitetidan fizika-matematika fanlari nomzodi darajasini olgan. Olim L. D. Landau nomidagi nazariy fizika instituti, Massachusetts texnologiya instituti, Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1998-yilda beri Chicago universitetida ishlab keladi.


Beylinson 1980-yillarda algebraik K teoriya ustida ishladi. Xususan, Pierre Deligne bilan hamkorlikda Don Zagierning polilogarifm boʻyicha taxminlarining motivik tahlili ustida ishladi. 1990-yillardan boshlab esa olim Vladimir Drinfeld bilan hamkorlikda choʻqqi operatorlari algebrasi ustida ishladi.

















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz