AleXa





Alexandra Christine Schneiderman (talaffuzi: Aleksandra Kristin Shnayderman; 1996-yil 9-dekabrda tugʻilgan), AleXa nomi bilan tanilgan Janubiy Koreyada yashovchi amerikalik qoʻshiqchi, raqqosa va aktrisa. Rising Legends realiti-shousining har ikki mavsumida ishtirok etgandan soʻng, AleXa 2018-yilda Zanybros 'ZB leybli bilan shartnoma tuzgan va u yerda taxminan ikki yarim yil davomida mashq qilgan. U 2019-yil oktyabr oyida K-pop qoʻshiqchisi sifatida debyut qilgan. 2022-yilda u NBC telekanalining Amerika qoʻshiq tanlovida „Wonderland“ qoʻshigʻi bilan oʻz vatani Oklahoma shtatini himoya qilgan va u yerda 710 ball bilan gʻolib chiqqan.




Yoshligi



AleXa Alexandra Christine Schneiderman 1996-yil 9-dekabrda Oklaxoma shtatining Tulsa shahrida tugʻilgan. Otasi rus-amerikalik onasi esa Janubiy Koreyalik. AleXaning onasi besh yoshida amerikalik ota-onasi tomonidan Kyongi provinsiyasining Goyang shahridagi mehribonlik uyidan asrab olingan. AleXa uch farzandning eng toʻngʻichi.



Faoliyati



2016-yilda Alex Christine nomi ostida u Soompi vebsayti tomonidan oʻtkazilgan Rising Legends onlayn tinglovida ishtirok etgan. Tanlov JYP Entertainment bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 2018-yilda AleXa Produce 48tanlovida ishtirok etgan va birinchi bosqichda 82-oʻrinni egallagan.


2019-yilda, AleXa 19-oktyabrda „Bomb“ nomli debyut singl albomini chiqargan. U Diablo rok guruhi bilan hamkorlikda 13-dekabrda qoʻshiqning rok versiyasini chiqargan.


2022-yilda AleXa oʻzining uchinchi Tattoo nomli singl albomini ommaga havola qilgan. 2022-yil 9-may kuni Amerika qoʻshiqlar tanlovida qatnashib gʻolib chiqqani eʼlon qilingan.


2022-yil iyul oyida Alexa Amerika Qoʻshma Shtatlarida muxlislar bilan uchrashuv oʻtkazgan.



Diskografiyasi



Qoʻshiqlari




Filmografiyasi



Filmlarda




Telekoʻrsatuvlarda




Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz