Alex Tayo Akande
Aleksandr Oluvatayo Akande (talaffuzi: Alaeksandr Tayo Akande)(1989-yil 9-fevralda tugʻilgan), odatda
Aleks Akande yoki
Aleks Tayo Akande nomi bilan tanilgan, nigeriyalik professional futbolchi, hozirda Hong kong Premer-ligasining Kitchiee klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Tai Chung
Akande Hong kongga 2008-yilda kelgan va Hong kong ikkinchi ligasida „Tai Chung“ jamoasida oʻynagan. Uning sermahsul oʻyini tez orada birinchi divizion vakili Sharq yulduzi qiziqishini uygʻotgan. Akande 2009-yilning yanvarida Sharqliklar safiga qoʻshilgan va mavsumni 6 gol bilan yakunlagan.
Tai Chung va Kitchee
Akande 2009/10-yilgi mavsumda Tai Chung jamoasiga qaytgan. Yarim mavsumda Tai Chung uchun 12 ta oʻyinda 3 ta gol urganidan soʻng, u mavsum oʻrtalarida Kitchee jamoasiga qoʻshilgan.
Tai Chung
Akande yana Tai Chungga qaytdi va 2010/11-yilgi mavsumda jamoada toʻliq mavsum oʻtkazgan. Uning 19 ta oʻyinda kiritgan 3 ta goli Tai Chungni yuqori ligada qolishiga kamlik qilgan va jamoa quyi ligaga tushib ketgan.
Rangers va Hon kong Sapling
Akandening Hon kongdagi 4-mavsumini Rngersga qoʻshilish bilan boshlagan. U keyinchalik Hong kong Saplingga ijaraga berilgan.
Akande Hong kong Saplingga qoʻshilganidan soʻng u yerda 12 oʻyinda 9 ta gol urgan.
Dalian Yifang
Akande 2019-yil 28-fevralda Xitoy Superligasi klubi Dalian Yifangga oʻtgan. U uch kundan soʻng Xenan Jianyega qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda debyut qilgan.
Kitchee-da uchinchi mafsun
Dalian uchun bir nechta oʻyinlarda qatnashgan Akande klub tomonidan qoʻyib yuborilgan. Keyinchalik sobiq klubi Kitcheega qoʻshilgan.
Xalqaro faoliyati
Akande Nigeriyada tugʻilgan, ammo Hong kongda yetti yildan ortiq yashaganidan soʻng u Hong kong fuqorologini olgan va 2015-yil oktyabr oyida Hong kong terma jamoasida oʻynash huquqiga ega boʻlgan. U 2015-yilning 7-noyabrida Mongkok stadionida Myanmaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga Hong kong terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.
Akande Hong kong terma jamoasining JCh—2018 saralashining 2 -bosqichida qolgan uchta oʻyinini Maldiv orollari Xitoy va Qatarga qarshi oʻtkazgan. Hong kong guruh bosqichini 2-oʻrin sohibi sifatida yakunladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Osiyo Kubogi-2019 saralashining uchinchi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
2016-yil 9-noyabr kuni Akande toʻrtta gol urib, Hong kongni 2017-yilgi EAFF Sharqiy Osiyo kubogi 2-bosqichida Xitoy Taypeyi ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan jamoa tarkibida maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org