Alex Olmedo
Alex Olmedo (1936-yil 24-mart — 2020-yil 9-dekabr) Amerika fuqaroligiga ega Perulik tennischi edi. U USTA (xalqaro tennischilar uchun roʻyxat) tomonidan 1958-yilda „xorijiy“ oʻyinchi, 1959-yilda esa AQSh oʻyinchisi sifatida roʻyxatga olingan. U 1958-yilda Qoʻshma Shtatlar uchun Devis kubogini yutishga yordam berdi va 1959-yilda 2-oʻrindagi havaskor tennischilar qatoriga qoʻshildi. Olmedo 1959-yilda ikkita Major (Avstraliya va Wimbledon) va 1960-yilda AQSh Pro chempionatida gʻolib chiqdi va 1987-yilda Tennis Halls of Fame(xalqaro tennischilar roʻyxati)ga kiritildi.
Biografiyasi
Peruda tugʻilib oʻsgan boʻlsa-da, Olmedoning oilasi Janubiy Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan va Los-Anjeles Tennis Klubida (LATC) Janubiy Kaliforniya Tennis Assotsiatsiyasi prezidenti Perry T. Jones tomonidan unga tennis boʻyicha mahorat darslari oʻtilgan. George Toley Olmedoni Janubiy Kaliforniya Universiteti (USC) jamoasida oʻynash uchun taklif qilgan va Olmedo ham buni qabul qilgan. Olmedo USC universitetini biznes yoʻnalishini tamomlagan. U yerda boʻlganida, u 1956 va 1958-yillarda Milliy Kollej Atletika Assotsiatsiyasi (NCAA)ning yakkalik va juftlik chempionatida gʻolib chiqdi. (Ammo, 1957-yilda USC futbol oʻyinlari bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy huquqlarni buzilganligi sababli NCAA musobaqasidan chetlashtirildi. Bu chetlanish tennis jamoasini ham musobaqaga qatnashishdan toʻxtatdi.)
Olmedo 1959-yilda The Daily Telegraph nashri Lance Tingay tomonidan dunyoda eng yaxshi tennischilar qatoridan 2-oʻrinni egallagan.
Devis Kubogi
Alex Olmedo 1958-yilda Devis Kubogi sardori boʻlgan va ushbu jamoada oʻynash uchun Modesto Junior kolleji tomonidan jalb qilgan. U 1958 va 1959-yillarda Devis kubogi musobaqalarida AQShni himoya qilib, yakkalik va juftlik bahslarida gʻalaba qozongan. 1958-yilda esa kubokni qoʻlga kiritish uchun zarur boʻlgan uchta ochkoning barchasiga erishgan(ikkita yakkalik va bitta juftlik). Uning jamoadoshlari Ham Richardson va Barry MacKay edi, ular birgalashib 1958-yilda kubokni qoʻlga kiritgan. Garchi u AQSh fuqarosi boʻlmasa-da, u mamlakatda kamida uch yil yashaganligi sababli (1954-yil fevralidan beri) va uning fuqaroligi boʻlgan Peruda Devis Kubogi jamoasi boʻlmagani tufayli AQSh vakili boʻlish huquqiga ega edi. Biroq, bu vaziyat koʻplab ziddiyatlarga sabab boʻldi. The New York Times gazetasining sport sharhlovchisi Arthur Dailey shunday deb yozgan: „Bu Amerika tennisi tarixidagi eng qaygʻuli kun boʻlib tuyuladi. Yana bir nechta bunday ajoyib gʻalabalar va bu mamlakatning tennisdagi nufuzi past darajaga tushadi“. Oʻshanda talaba vizasiga ega boʻlgan Olmedo AQSh fuqaroligini olishdan bosh tortgan, Peru fuqarosi boʻlib qolishdan mamnunligini aytgan va harbiy xizmatga chaqirilmaslik uchun AQSh fuqaroligini olishdan bosh tortayotganini aytgan. Shunga qaramay, koʻplab amerikaliklar „kubokda gʻalaba qozonish uchun Perulik oʻyinchini oʻz jamoalariga yollamoqchi boʻlishganini hali-hanuz chuqur qaygʻular bilan eslashadi“. Koʻp yillar oʻtib Olmedo AQSh fuqaroligini oldi.
Boshqa chempionatlarda ishtiroki
Olmedo 1959-yilda Avstraliya chempionati va Wimbledon chempionatining yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi va 1959-yilgi AQSh chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va oʻsha yil boshida Avstraliya chempionatida magʻlub boʻlgan Neale Freserga yutqazdi. 1959-yilda Wimbledonda u Rod Laverni 71 daqiqada 6-4, 6-3, 6-4 hisobida magʻlub etgan. Olmedo 1960-yilda professional tennischiga aylandi va oʻsha yili finalda Tony Trabertni magʻlub etib, US Pro unvonini qoʻlga kiritdi.
Murabbiylik faoliyati
Olmedo 1987-yilda Xalqaro Halls of Fame(yaxshi tennischilar roʻyxati)ga kiritilgan. U Kaliforniyadagi Beverli-Xillz mehmonxonasida 40 yildan ortiq tennisdan murabbiylik qilgan. Uning mijozlari orasida Katharine Hepburn, Robert Duvall va Jon Lovitzlar bor edi.
Shaxsiy hayoti
Olmedoning Ann Olmedo bilan nikohi ajralish bilan yakunlandi. Uning kichik oʻgʻli Alejandro, ikki qizi Amy va Angela va toʻrtta nabirasi bor edi. Olmedo 2020-yil 9-dekabrda 84 yoshida Los-Anjelesda saraton kasalligidan vafot etdi.
Grand Slam finallari
Yakkalik bahslar (2 unvon, 1 ikkinchi oʻrin)
Juftliklar bahslar (1 sovrin, 1 ikkinchi oʻrin)
Aralash juftliklar bahsi (1 ta ikkinchi oʻrin)
= "Grand Slam" turniri natijalari jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yakkalik bahslar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org