Alex Lynn
Alexander George Lynn (inglizcha: Alex George Lynn; 1993-yil 17-sentyabr, Esseks, Angliya, Buyuk Britaniya) —britaniyalik poyga haydovchisi. Williams Formula 1 jamoasda yordamchi poygachi.
Faoliyati
Lynn poygadagi faoliyatini 11 yoshida karting bilan boshlagan. U qatnashgan birinchi karting klassi Mini Maks edi. 2005-yilda George Lynn ICA Junior va KF3 (oʻsha paytda JICA) klasslarida qatnashgan va 2008-yilda KF2da debyut qilgan.
2009-yilda, kartingda qatnashishda davom etar ekan, Lynn Fortec Motorsport bilan Britaniyaning Formula Renault qishki kubogida ham debyut qildi. 4 ta poygada umumiy 3 marta marraga yetib keldi, shundan 2 tasida 8-o‘rin, 1 marta esa 9-o‘rinda 40 ochko jamg‘ari musobaqada 10-o‘rinni egalladi. 2010-yilda Alex nihoyat katta poygalarda ishtirokini boshladi. U Britaniyaning Formula Renault musobaqasida qatnashib, 20 ta poygada 210 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinni egalladi. Qishki kuboklar seriyasida 6 ta poygadan 3 tasida g‘alaba qozonib, 146 ball to‘pladi va chempion bo‘ldi. 2011-yilda Lynn uchta seriyada ishtirok etgan. Jumladan, Britaniyaning Formula Renault 2.0 poygasida u 20 poygadan 15 tasida (1-oʻringa — 12 marta) shohsupaga koʻtarilib, 521 ball toʻplashga muvaffaq boʻldi va chempionlikni qoʻlga kiritdi. Toyota seriyasidagi 15 poygadan 12 tasida (Giles Motorsport jamoasi) 514 ball toʻpladi, buning natijasida u 9-oʻrinni egalladi. Formula Renault 2.0 Yevrokubogining 4 ta poygasida u bir marta 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi va 26 ochko toʻpladi.
2012-yilda Lynn Fortec Motorsport bilan Britaniya Formula 3 musobaqasida toʻliq mavsumni oʻtkazdi. 29 ta poygada 9 marta shohsupaga ko‘tarilib, 253 ochko jamg‘adi va mavsum yakunida 4-o‘rinni egalladi. Shuningdek, „Fortec“ jamoasi uchun Formula 3 Euroseriyasining 6 ta poygasida, Formula 3 Masters va Makao Gran-prisida qatnashdi.
2014-yilda Lynn Carlin jamoasi tarkibida GP3 seriyasida debyut qildi, 207 ochko jamgʻarib, ilk britaniyalik sifatida seriya chempioniga aylandi. Shuningdek, u Lotus Formula 1 jamoasi uchun yrdamchi haydovchisi boʻldi. 2015-yilda Alex DAMS jamoasi uchun GP2 ga oʻtdi, 110 ball toʻpladi va chempionatda 6-oʻrinni egalladi. Keyinchalik Williams F1da yordamchi haydovchi boʻlib ishga kirdi. 2016-yildan buyon Lynn GP2da raqobatni davom ettirmoqda.
Natijalar
Karting
GP2 Series
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org