Alex Hurst
Alexander Charles Hurst (talaffuzi: Aleksandr Charlz Xurst) (1999-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Alexander Hurst „York City“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Dastlabki faoliyat yillari
Alexander Hurst yoshligida „Crewe Alexandra“ futbol klubi akademiyasida tarbiyalangan. Keyinchalik Alexander Hurst 2018-yil avgust oyida Shimoliy Premer-liga vakili „Maltlock Town“ futbol klubiga qoʻshildi. Alexander Hurst 2018-yil 19-oktyabrda Shimoliy Milliy Liga vakili „Bradford“ (Park Avenue) futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Alexander Hurst 2018—2019-yilgi mavsumni 13 marta asosiy tarkibda dastlabki daqiqadan maydonga tushgan (yana 12 ta oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan) holda yakunladi.
Port Vale
2019-yil 3-avgustda Alexander Hurst Angliya futbol ligasi vakili „Port Vale“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Alexander Hurst „Bradford“ futbol klubiga ijara shaartnomasi asosida yuborildi. „Bradfort“ futbol klubhi bosh murabbiyi Garry Thompson shunday dedi: „U (Alexander Hurst)qattiq mehnat qildi va koʻplab yutuqlarga erishdi. Tabiiyki, biz eng yaxshi oʻyinchilarimizni saqlab qolishni istasak-da, transfer shuni koʻrsatadiki, biz isteʼdodlarni rivojlantirishga intilamiz, lekin taraqqiyot yoʻlida hech kimga toʻsqinlik qilmaymiz.“ 23-yanvar kuni Alexander Hurstning klub bilan imzolagan ijara shartnomasi muddati 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirildi.
Alexander Hurst „Port Vale“ futbol klubidagi ilk golini 2020-yil 10-noyabrda „Liverpool“ futbol klubi ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda raqib darvozasiga kiritdi. Keyingi oyda Alexander Hurst „Park Vale“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. BU shartnomadan soʻng, klub bosh menejeri Darrell Clarke „biz Alexander Hurst oʻzining faoliyatini rivojlantirishini intiqlik bilan kutamiz“ deb izoh berdi. Alexander Hurst 2021—2022-yilgi mavsumdagi asosiy jamoa tarkibida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyin oʻtkazdi.
York City
2022-yil 20-iyun kuni Alexander Hurst nomaʼlum toʻlov evaziga Milliy liganing „ York City“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi.
Oʻyin uslubi
Alexander Hurst — koʻp qirrali oʻyinchi. Alexander Hurst chap qanot yarim himoyachisi, chap qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi yoki hujumchi sifatida harakat qila oladi. Alexander Hurst oʻzining tezligi, toʻpni yaxshi nazorat qilish qobiliyati bilan ajralib turadi. Alexander Hurst oʻzining kichik tuzilishiga qaramay, yaxshi jismoniy tayyorgarlikka egadir.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org