Alex Greenwood





Alex Greenwood (talaffuzi:  Aleks Grinvud) (1993-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Alex Greenwood Angliyaning Ayollar Superligasi va Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasida oʻynaydi. Alex Greenwood hozirgi kunda „Manchester City“ klubi sharafini himoya qilmoqda. Alex Greenwood asosan chap qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi, ammo u markaziy himoyachi sifatida ham oʻynay oladi.


Alex Greenwood ilgari Fransiyaning 1-Féminine divizionidagi „Olympique Lyonnais“ jamoasida, shuningdek, Angliyaning „Manchester United“, „Liverpool“, „ Notts County“ va „Everton“ klublarida oʻynagan. Alex Greenwood 2014-yildan beri Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2012-yilda Alex Greenwood FA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol oʻyinchisi deb topilgan.




Klublardagi oʻyin faoliyati



Everton



Angliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan Alex Greenwood sakkiz yoshida „Everton“ klubiga qoʻshildi. 2010-yilning 5-avgustida 2010—2011-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi saralash bosqichida doirasida boʻlib oʻtgan „KÍ“ klubiga qarshi oʻyinda „Everton“ klubi 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikki kundan soʻng, xuddi shu musobaqada Alex Greenwood „FK Borec“ klubi ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda 80-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.


„Everton“ klubining uzoq yillik chap qanot himoyachisi Rachel Unitt FA WSLning 2011-yilgi mavsumning oxirida „Birmingham City“ klubi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Rachel Unittning jamoadagi oʻrnini Alex Greenwood egalladi. 2012-yilgi mavsum davomida Alex Greenwood juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi. Shuning uchun noyabr oyida FA Ayollar Futboli mukofotlarini topshirish marosimida Alex Greenwood FA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol oʻyinchisi deb topildi.


Alex Greenwood 2014-yilgi FA Ayollar kubogi doirasidagi final oʻyinida „Everton“ klubining asosiy jamoasi tarkibida maydonga tushdi. Final uchrashuvida „Everton“ klubi "Arsenal" klubiga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.



Notts Country




2014-yilgi mavsum „Everton“ klubining quyi ligaga tushib ketishi bilan yakunlandi. Shundan soʻng, Alex Greenwood 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oldidan terma jamoadagi oʻrnini himoya qilish uchun klubdan ketishini aytdi. Alex Greenwood „Notts County“ klubi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Shartnomaning narxi oshkor etilmagan. Bu shartnomadan soʻng, Alex Greenwoodning klubga qaytishini istagan „Everton“ klubining hafsalasi pir boʻldi.



Liverpool



2016-yilning yanvarida Alex Greenwood „Liverpool“ klubiga oʻtdi. Alex Greenwood „Liverpool“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. „Liverpool“ klubi bilan Alex Greenwood uch mavsum oʻynadi va har bir mavsumda bittadan gol urishga muvaffaq boʻldi. Klubdagi dastlabki golini Alex Greenwood „Sanderland“ klubiga qarshi oʻyinda penaltidan urdi. 2017—2018-yilgi mavsum oxirida Alex Greenwood klub bilan shartnoma muddati tugashi munosabati bilan xayrlashdi. Alex Greenwood klub bilan jami 44 ta oʻyinda maydonga tushdi va oltita gol urishga muvaffaq boʻldi.



Manchester United




2018-yilning 13-iyulida Alex Greenwood „Manchester United“ klubi tarkibiga qoʻshilayotganligini eʼlon qildi. Alex Greenwood yangi klub tarkibida ilk mavsumda jamoa sardori boʻlishi eʼlon qilindi. Alex Greenwood 19-avgust kuni sobiq jamoasi „Liverpool“ klubiga qarshi Liga kubogi bahsida „Manchester United“ klubi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi. 20-sentyabr kuni Alex Greenwood Angliya Ayollar chempionatidagi debyut oʻyinini „Sheffild United“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazdi. 18-noyabr kuni Alex Greenwood „Crystal Palace“ klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda (5:0) penaltidan klub safidagi birinchi golini kiritdi. Alex Greenwood „Manchester United“ klubiga chempionatda gʻalaba qozonishi va debyut mavsumida FA WSL ga koʻtarilishiga yordam berdi.



Olympique Lyonnais



2019-yil 4-avgust kuni „Manchester United“ klubi Alex Greenwoodni shaxsiy shartlarga muvofiq Fransiya 1-Féminine divizioni jamoasi „Olympique Lyonnais“ klubiga oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi. „Olympique Lyonnais“ klubi 8-avgust kuni 40 000 yevro toʻlov va 20 000 yevro potentsial qoʻshimchalar evaziga kelishuvni tasdiqladi. 24-avgust kuni Alex Greenwood „Olympique Marseille“ klubiga qarshi oʻyinda (6:0) „Olympique Lyonnais“ klubi safida debyut qildi.


2020-yil 30-avgust kuni Alex Greenwood 2010-yildan beri Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinlarda ilk bor maydonga tushdi. Chempionlar ligasi final oʻyinida „Olympique Lyonnais“ klubi „Wolfsburg“ klubini 3:1 hisobida magʻlub etdi. Bu oʻyinda Alex Greenwood Eugénie Le Sommer oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi.


„Olympique Lyonnais“ klubi bilan bir yillik shartnomasi yakuniga koʻra, Alex Greenwood klub bilan 17 ta oʻyin oʻtkazdi va Chempionlar ligasida toʻrt karra gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.



Manchester City



"Olympique Lyonnais" klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin 2020-yil 9-sentyabrda Alex Greenwood Angliyaga qaytib, „Manchester City“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Alex Greenwood 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Manchester City“ klubi bilan Angliya ayollar kubogini qoʻlga kiritdi.



Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati




Alex Greenwood Angliya ayollar milliy futbol terma jamoalariga sardorlik qilgan va 2012-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida 19 yoshgacha boʻlgan Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibida oʻynagan. Milliy terma jamoaning katta murabbiyi Mark Sampson Alex Greenwoodni 2014-yilgi Kipr ayollar kubogi musobaqasi uchun tanladi. Alex Greenwood 2014-yilning 5-martida Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida debyut qilgan. Alex Greenwood Angliya ayollar milliy terma jamoasi uchun birinchi golini 2014-yilning sentyabr oyida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda (10:0) kiritdi.


2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida jamoaning eng yosh aʼzosi Alex Greenwood Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibida maydonga tushib, chap qanot himoyachisi pozitsiyasida harakat qilgan. Jamoa uchinchi oʻrin uchun pley-off bosqichida Germaniya ayollar terma jamoasini magʻlub etgandi va Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi bronza medalini qoʻlga kiritdi.


2019-yilda Alex Greenwood Qoʻshma Shtatlarda SheBelieves kubogini qoʻlga kiritgan Angliya ayollar milliy futbol jamoasining aʼzosi edi. Oʻsha yilning oxirida Alex Greenwood 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi uchun shakllantirilgan Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasining tarkibiga kiritildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibi eʼlon qilinganida Alex Greenwoodning ismini qoʻshiqchi Olly Murs eʼlon qildi. 23-iyun kuni Alex Greenwood 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi doirasida boʻlib oʻtgan Kamerun ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda (3-0) terma jamoa safidagi uchinchi golini urdi. Yakunda 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi musobaqasida Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi toʻrtinchi oʻrinni egalladi.


Alex Greenwood, shuningdek, UEFA Ayollar oʻrtasidagi Evro-2022 musobaqasida gʻolib chiqqan Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi.



Shaxsiy hayoti



Alex Greenwood Savio Salesian kollejida oʻqigan. Alex Greenwood „Sheffild United“ klubining professional futbolchisi Jack OʻConnell bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Alex Greenwood odatda shaxsiy hayotini maxfiy saqlashni afzal koʻradi va ijtimoiy tarmoqda faqat futbol bilan bogʻliq xabarlarni saqlashga harakat qiladi.



Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Xalqaro oʻyinlar

Manbalar









uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz