Alex (futbolchi)





Alex Rodrigo Dias da Costa (1982-yil 17-iyun, Braziliya) Alex ismi bilan tanilgan markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq braziliyalik futbolchi. U oʻzining jismoniy kuchi va zarbasi bilan tanilgan himoyachi boʻlib, yaqinlari uni „Tank“ va Canhao da Vila („Vila Belmiro toʻpi“) laqablari bilan chaqirishgan.


2004-yilda Premer-liganing Chelsea klubi tomonidan sotib olingan Alex Gollandiyaning PSV jamoasiga ijaraga berildi va ular bilan 3 marotaba Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritdi. U PSVdagi uch yillik faoliyatidan soʻng 2007-yilning yozida „Chelsea“ klubi tarkibiga kelib qoʻshiladi. Chelseadagi faoliyati davomida u 2009-yilda Angliya kubogi va 2010-yilda liga va Angliya kubogi dublini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finaliga qadar borishga erishdi. U 2012-yilning yanvarida 4,2 million funt sterling evaziga PSG tarkibiga kelib qoʻshiladi va klub bilan ikki marta Liga 1 g‘olibligini qoʻlga kiritadi. 2014-yilda amaldagi shartnoma tugaganidan soʻng Italiyaning Milan jamoasiga qoʻshiladi va ikki yildan soʻng faoliyatini yakunlaydi.


Alex 2003- va 2008-yillar oraligʻida Braziliya terma jamoasi safida 17 ta oʻyin oʻtkazadi. Ushbu yillar davomida futbolchi jamoa bilan birgalikda 2007-yilgi Amerika Kubogida gʻolib chiqdi va 2003 yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.




Klublardagi faoliyati



AC Milanda



2014-yilning 5-iyunida PSG bilan shartnomasi tugagach, Alex „Milan“ klubi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi. U 31-avgust kuni A Seriyaning yangi mavsumidagi dasylabki uchrashuvida oʻz debyut amalga oshirdi. Ushbu oʻyinda uning jamoasi oʻz maydonida "Latsio" ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Himoyachi ilk golini 2015-yilning 17-mayida Sassuologa qarshi o‘yinda (3:2)da kiritgan. 2016-yil 31-yanvarda Madonnina derbisida Alex boshi bilan gol kiritadi.


U 2016-yilning 25-may kuni klub xo‘jayini Silvio Berlusconi, shuningdek, Philippe Mexès, Kevin-Prince Boateng va Mario Balotelli bilan birga jamoani tark etishini eʼlon qildi. 2016-yilning dekabr oyida Alex futbolchi sifatida faoliyatini yakunladi.



Faoliyat statistikasi




Manbalar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz