Alex Fontana





Aleks Fontana (1992-yil 5-avgustda Luganoda tugʻilgan) — kelib chiqishi grek boʻlgan shveysariyalik poygachi. Hozirda Centri Porsche Ticino uchun GT4 Yevropa seriyasida professional haydovchi sifatida ishtirok etmoqda. U bir vaqtning oʻzida turli jamoalar va turli ishlab chiqaruvchilar uchun poygalarda ochiq shartnomaga ega boʻlgan frilanser haydovchi. U poygalarda ishtirok etmagan vaqtda, RSI Shveysariya televideniyesi uchun Formula 1 Gran-prisini sharhlaydi. Shuningdek, Yevropa, Amerika va Xitoyda murabbiy boʻlib ishlaydi.




Faoliyati



Karting



Fontananing poygaga boʻlgan ishtiyoqi 1996-yilda (uch yarim yoshida) Gretsiyaning Rodos orolida oʻzining birinchi Puffo Kart poyga mashinasini haydab yurganida boshlangan. 2008-yilgacha u Shveysariya milliy chempionati va xalqaro tadbirlarda Swiss Hutless, PCR International kompaniyasining asosiy poygachisi sifatida qatnashgan. 2007-yilgi Shveysariya Karting chempionati, 2007-yilgi KF3, 2006-yilgi Dubaydagi Biland 4 jahon finali, Bridgestone Cup 2008 KF2 va Italian Open Master 2008 kabi musobaqalada muvaffaqiyatga erishgan. Shuningdek, 2008-yilgi Karting jahon chempionatiga saralashida faol ishtirok etgan.



GT musobaqalari



2016-yildagi faoliyati McLaren Automotive GT akademiyasidan Blancpain GT Endurance jamoasiga oʻtishi va PRO klassidagi 24 soatlik Spa avtopoygasida ishtirok etishi bilan boshlandi. U keyinchalik ushbu jamoa tarkibida GT poygalarida ishtirok eta boshladi va GT avtomashinalaridan foydalandi. Yil oxirida Kia Motors tomonidan Xitoyning bir qancha chempionatlarida Super Production avtomobili bilan ishtirok etish taklifini oldi.



Natijalar





Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz