Alex Broadhurst
Alex Broadhurst (talaffuzi: Aleks Broadhurst; 1993-yil 7-martda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey hujumchisi. Hozirda Kontinental Xokkey Ligasi (KHL) Avangard Omsk jamoasida oʻynaydi.
Faoliyati
Broadhurst 2011-yilgi NHLga kirish draftining 7-raundida 199-oʻrinda Chicago Blawhawks jamoasi tomonidan jamoa tarkibiga tanlangan.
2011-yilda u World Junior A Challenge musobaqasida AQSH sharafini himoya qilgan va u yerda jamoa uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan.
2013-yil 14-iyun kuni Blackhawks jamoasi Broadhurst bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma boʻyicha kelishuvga erishishga muvaffaq boʻlgan. 2013-yil sentyabr oyida u Blackhawks jamoasining AHldagi filiali Rockford IceHogs jamoasiga sardor etib tayinlangan.
2015-yil 30-iyun kuni Broadhurst Blawhawks jamoasi tomonidan 2016-yilgi toʻrtinchi raund tanlovi bilan Jeremy Morin, Marko Dano, Artem Anisimov, Corey Tropp evaziga Columbus Blue Jackets jamoasiga almashtirilgan.
2017—2018-yillardagi Blue Jackets jamoasidagi uchinchi mavsumida Broadhurst 2018-yil 3-aprelda Columbus jamoasi tomonidan chaqirib olingan va Detroit Red Wings jamoasiga qarshi Blue Jackets jamoasi uchun NHLda debyut qilgan.
2022-yil 23-iyun kuni Broadhurst Rossiyadagi KHLning Avangard Omsk jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Alexning katta akasi Terry Broadhurst ham 2013—2014-yilgi mavsum uchun IceHogs jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Mukofot va unvonlar
Manbalar
uz.wikipedia.org