Alessio Figalli





Alessio Figalli (talaffuzi: Alessio Figalli) (1984-yil 2-aprelda tugʻilgan) — italiyalik matematik. Variatsion hisoblash hamda differensial tenglamalar boʻyicha mutaxassis. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.


Figalli 2006-yil Pisa universitetini magistr darajasi bilan tamomlagan. 2007-yil Luigi Ambrosio rahbarligida Pisadagi Oliy normal maktabdan hamda Cédric Villani rahbarligida Lyondagi Oliy normal maktabdan PhD darajasini olgan. Soʻngra Austindagi Texas universiteti hamda Parisdagi Politexnika maktabida ishlagan. 2014-yildan beri Zurich oliy shveysar texnika maktabida ishlab keladi.


Figalli optimal transport, izoperimetrik tengsizliklar, tasodifiy matritsalarni oʻrganib keladi. Bundan tashqari, Schrödinger hamda Vlasov–Poisson tenglamalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan.













uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz