Alessandro Pio Riccio
Alessandro Pio Riccio (2002-yil, 6-fevralda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi, Serie C Juventus U-23 klubida oʻynaydi.
Karyera
Alessandro Pio Riccio futbolni Qualiano shahridagi Sport Village klubida boshladi. 2016-yilda
Alessandro Pio Riccio Juventus klubiga oʻtdi. 2016-17-yilgi mavsumda
Alessandro Pio Riccio 15 yoshgacha boʻlganlar bilan ligada gʻolib chiqdi. 2020-yil, 28-oktabrda Andrea Pirlo
Alessandro Pio Riccioni Barcelona klubiga qarshi o‘yinga chaqirdi. 2021-yil, 15-sentabrda
Alessandro Pio Riccio Italiya kubogi C seriyasida Feralpisalò klubiga qarshi 3:2 hisobi bilan yakunlangan o'yinda Juventus U-23 klubi tarkibida debyut qildi. 31-oktabr kuni Südtirol klubiga qarshi oʻyinda u zigomatik suyagini shikastlab oldi. Uning jarohatdan keyingi ilk oʻyini 18-dekabr kuni Legnago klubiga qarshi 2:1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozongan o'yinda maydonga qaytib gol urdi. 2022-yil, 17-fevralda
Alessandro Pio Riccio o‘zining faoliyatidagi ilk golini burchak to‘pidan boshi bilan darvozaga yo‘lladi va natijada Piatsensa klubiga qarshi o‘yinda 4:0 hisobida jamoasi bilan g‘alaba qozondi. 29-aprelda u Juventus klubi bilan shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirdi.
Xalqaro karyera
Alessandro Pio Riccio Italiya terma jamosini xalqaro miqyosda 15 yoshgacha, 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha boʻlganlar orasida himoya qildi. U 2019-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Gollandiya terma jamosiga qarshi finalda 4:2 hisobida Italya terma jamoasi bilan magʻlub boʻlgan edi. U, shuningdek, 2019-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatiga chaqirilgan edi, unda Italiya terma jamoasi bilan chorak finalda Braziliya terma jamoasiga qarshi oʻyindan chiqdi.
Yutuqlar
Karyera statistikasi
Klub
2022-yil, 4-may holatiga ko'ra[13]
Manbalar
uz.wikipedia.org