Alessandro Confente
Alessandro Confente (talaffuzi: Alessandro Konfente) (1998-yil 7-iyunda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi. Alessandro Confente „Vicenza“ klubi uchun oʻynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
ChievoVerona
Alessandro Confente 2012-yilda „Chievo“ klubi safiga kelib qoʻshilgan va klubning 19 yoshgacha boʻlganlar oʻsmirlar jamoasida oʻynagan. 2015—2016-yilgi mavsumning oxiridan boshlab Alessandro Confente kattalar jamoasi uchun ikkinchi yoki uchinchi darvozabonga aylandi. Shundan soʻng Alessandro Confente A Seriyaning aksariyat oʻyinlarida zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushdi.Ammo 2015-2016, 2016-2017 va 2017—2018-yilgi mavsumlarda asosiy jamoa safida maydonga tushmadi. Chunki bu mavsumlarda klub sharafini darvozabonlar Albano Bizzarri va undan keyin Stefano Sorrentino himoya qilgan edi.
Reggina (ijara) 2018-yilning 9-iyulida Alessandro Confente C Seriya vakili „Reggina“ klubiga mavsumiy ijara asosida qo‘shildi. Alessandro Confente „Reggina“ klubi uchun C Seriyadagi debyutini 2018-yilning 18-sentyabrida „Trapani“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Toʻrt kundan soʻng, 22-sentyabr kuni Alessandro Confente oʻz uyida „Bisceglie“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0) „Reggina“ klubi uchun oʻzining birinchi darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Alessandro Confente mavsum boshida „Reggina“ klubi uchun asosiy darvozabon oʻrnini saqlab qolishda davom etdi. 15-oktyabrda Alessandro Confente oʻz uyida „Siracusa“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda) ikkinchi marta oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Alessandro Confente klubga pley-offga chiqishga yordam berdi, ammo „Reggina“ klubi ikkinchi turda „Catania“ klubiga qarshi oʻyinda 4:1 hisobida magʻlub boʻldi. Alessandro Confente „Reggina“ klubidagi mavsumiy ijarasini 33 ta oʻyinda maydonga tushgan holda yakunladi.
Robur Siena (ijara) 2019-yilning 16-iyulida Alessandro Confente C Seriya vakili „Robur Siena“ klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi. 4-avgust kuni Alessandro Confente Italiya Kubogining birinchi turi doirasida oʻtkazilgan „Mantova“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi. Alessandro Confente mavsum boshida „Robur Siena“ klubining birinchi raqamli darvozaboniga aylandi. 15-sentyabr kuni Alessandro Confente „Lecco“ klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bir oy oʻtib, 25 sentyabr kuni Alessandro Confente „Monza“ klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonganilgan oʻyinda ikkinchi marta oʻz darvozasini daxlsiz qoldirdi va yana ikki hafta oʻtgach, uchinchi oʻyinda 1:0 hisobida „AlbinoLeffe“ klubi ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻzining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi. Alessandro Confente „Robur Siena“ klubi 29 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Catania (ijara) 2020-yil 5-oktyabrda Alessandro Confente mavsum uchun ijara asosida „Catania“ klubiga o‘tdi. 29-noyabr kuni Alessandro Confente klub uchun ligadagi debyut oʻyinini mehmonda „Avellino“ klubi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazdi. Uch kundan soʻng, 2-dekabr kuni Alessandro Confente oʻz uyida „Bisceglie“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) klub safida oʻzining birinchi darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. 2021-yilning mart oyida Alessandro ConfenteK onfentechap tizzasida menisk jarohati nioldi va u mavsumning qolgan qismida maydonga tushmadi.. Alessandro Confente mavsumiy ijarasini 19 ta o‘yinning 5 tasida maydonga tushgan holda yakunladi.
Vicenza
16-avgust kuni Alessandro Confente 2 yillik shartnoma bilan „Vicenza“ klubiga oʻtdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Alessandro Confente 2016 va 2017-yillarda ikki marta 19 yoshgacha boʻlgan Italiya terma jamoasiga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Manbalar
uz.wikipedia.org