Aleskerov Yuriy Nikolayevich




Yuriy Nikolayevich Aleskerov (1913.2.3, Maxachkala — 1982.24.7, Samarqand) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), tarix fanlari nomzodi (1941), dotsent (1949), professor (1973). Fargʻona davlat pedagogika institutini tugatgan (1936), Fargʻona va Samarqanddagi oʻrta maxsus bilim yurtlarida oʻqituvchi, Oʻzbekiston davlat universitetining aspiranti (1938-41). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1948-yildan Samarqand Davlat Universitetda ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan, universitet tarix fakulteti kafedra mudiri (1956-82). Ilmiy ishlari Samarqand tarixi, fuqarolar urushi kabi mavzularga bagʻishlangan. 100 dan ziyod kitob, risola va ilmiy maqolalar muallifi.


















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz