Alesh Mateyu
Aleš Matějů (talaffuzi: Alesh Mateyu; 1996-yil 3-iyunda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, soʻnggi marta Serie B Palermo jamoasi va Chexiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan. Ilgari Viagem Příbram, Viktoria Plzeň, Brighton & Hove Albion, Brescia va Venezia klublarida oʻynagan va oʻz mamlakatini barcha yosh toifalarida himoya qilgan.
Faoliyati
Příbram
Matějů 2014-yilning 30-avgustida Chexiya Birinchi ligasida Slováckoga qarshi oʻyinda (4:1) Pribram safida ligadagi debyutini oʻtkazdi. 2015-yil 17-may kuni Teplice bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yinda ligadagi birinchi golini urdi va mavsumni 15 liga o‘yinida bitta gol bilan yakunladi.
Viktoria Plzeň
Matějů 2015-yilda Viktoria Plzeňga oʻtdi va jamoaning ajralmas qismiga aylandi, ketma-ket 16 oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Plzeň bilan 2016-yilda Birinchi liga chempioni va Chexiya Superkubogini qoʻlga kiritrdi.
Brighton & Hove Albion
Matějů 2017-yilning 4-avgustida Angliya Premyer-ligasining Brighton & Hove Albion klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Brescia
2018—2019-yilgi mavsumni Italiyaning Brescia klubida ijara asosida oʻtkazdi, klub bilan B seriya chempionligini qoʻlga kiritdi va bu bilan A Seriyaga koʻtarildi. Keyin nomaʼlum toʻlov evaziga doimiy shartnoma imzoladi. 2022-yilning 1-yanvarida uning Brescia bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi.
Venezia
2022-yilning 10-fevralida Matějů Venezia bilan 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun shartnoma imzoladi.
Palermo
2022-yil 26-avgustda Matjejů B Seriyaning Palermo klubiga tekinga shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
Matějů Chexiyanining 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha yosh terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Milliy terma jamoadagi debyutini 2020-yilning 7-oktyabrida Kiprga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi.
Faoliyat statistikasi
10-aprel, 2021-yil[10]
Manbalar
uz.wikipedia.org