Alenka Star Be





Alenka Star Be (haqiqiy ismi - Alena Aleksandrovna Fedotova ; 2009-yil 16-oktyabrda, Odintsovo, Moskva viloyatida tugʻilgan) - rossiyalik videoblogger (layker), qoʻshiqchi va radio boshlovchisi. Likee ijtimoiy tarmogʻidagi eng mashhur bloggerlardan biri.


2018—2019-yillarda Likee ijtimoiy tarmogʻiga oʻyin-kulgi, skeytch, raqs va lipsink kabi turdagi qisqa videolarni joylashtirish orqali shuhrat qozongan. 2020-yilda Likee jahon reytingida eng yaxshi 10 ta mobil ilovalar roʻyhatiga kirdi, bu esa akkaunt mashhurligining sezilarli darajada oshishiga yordam berdi. Alena ushbu ijtimoiy tarmoqning eng mashhur bloggerlari orasida MDHda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.



Biografiyasi



Alena Aleksandrovna Fedotova 2009-yil 16-oktyabrda Rossiyaning Odintsovo shahrida tugʻilgan. Keyinchalik u Zvenigorod yaqinidagi qishloqqa koʻchib oʻtdi va u yerda koʻplab videolarini suratga oldi. Dastlab, qiz oddiy maktabda oʻqigan va boshlangʻich maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Vokal, xoreografiya va chizmachilik kurslariga borgan. Blog yuritish va kontsert berish zarurati tufayli mashhurlashishi bilan u uyda oʻqishni boshladi.

Biz Alenani uy taʼlimga oʻtkazish orqali oʻqish va blog yuritish jarayonlarini optimallashtirishga qaror qildik

— deydi bloggerning onasi[4].

Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz