Alen Konn





Alain Connes (talaffuzi: Alen Konn) (1947-yil 1-aprelda tugʻilgan) — fransiyalik matematik. Operatorli aljabr sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Shu sohadagi faoliyati uchun 1982-yil Fields medaliga sazovor boʻlgan.


Connes 1970-yillarda Von Neumann algebrasi sohasida faoliyat yuritgan. Connes, shuningdek, K-teoriya hamda indeks teoriyasi sohasiga ham hissa qoʻshgan, natijada Baum–Connes gipotezasi ishlab chiqilgan. 1980-yillarda gomologiyani sohasida ishlagan, siklli gomologiyani ishlab chiqqan.


Olim oʻz ishlarini matematika va nazariy fizika, jumladan, sonlar nazariyasi, differensial geometriya hamda elementar zarrachalar fizikasi sohalarida tatbiq qilib keladi. Connes Nicolas Bourbaki taxallusi bilan faoliyat yurituvchi farang matematiklari guruhi aʼzosi boʻlgan.













uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz