Alemannlar




Alemannlar (lotincha: Alamanni) — Dunay va Reyn daryolari yuqori oqimida, Rim imperiyasi mulklariga qarama-qarshi qirgʻoqlarda yashagan germanlarning 3-asr oxiridan maʼlum boʻlgan rimcha nomi. Rimliklar Janubiy Germaniyadan Galliyaga bostirib kirgan qurolli toʻdalarni Alemannlar deb atagan. Birok, Alemannlar rimliklardan farqli ravishda oʻzlarini „shvablar“ deyishgan. 4-asrdan alemann yollanma harbiylari Rim imperiyasida yuqori mavqega ega boʻla boshlagan. Masalan, 306 yil Konstantin I Rim taxtini egallashda Alemannlardan Krokus yordamiga tayangan. Imperator Konstantin II oʻz raqibi Magnensiya imperatoriga karshi kurashda Alemannlar qoʻshinidan foydalangan, biroq 357 yil Yulian Murtad ularni Argentorat (Strasburg) ostonasida tor-mor keltirgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda oʻrta lotin tilidagi „Alamannia“, fransuz va ispan tillaridagi „Alltmagne“ hamda „Alemania“ atamalari „Germaniya“ atamasi bilan oʻrin almashgan.



Yana qara




Adabiyotlar















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz