ALEMANNLAR



ALEMANNLAR (lotincha Alamanni) — Dunay va Reyn daryolari yuqori oqimida, Rim imperiyasi mulklariga qaramaqarshi qirg’oqlarda yashagan germanlarning 3-asr oxiridan ma’lum bo’lgan rimcha nomi. Rimliklar Janubiy Germaniyadan Galliyaga bostirib kirgan qurolli to’dalarni Alemannlar deb atagan. Biroq, Alemannlar rimliklardan farqli ravishda o’zlarini “shvablar” deyishgan. 4-asrdan alemann yollanma harbiylari Rim imperiyasida yuqori mavqega ega bo’la boshlagan. Masalan, 306 yil Konstantin I Rim taxtini egallashda Alemannlardan Krokus yordamiga tayangan. Imperator Konstantin II o’z raqibi Magnentsiya imperatoriga qarshi kurashda Alemannlar qo’shinidan foydalangan, biroq 357 yil Yulian murtad ularni Argentorat (Strasburg) ostonasida tor-mor keltirgan. So’nggi o’rta asrlarda o’rta lotin tilidagi “Alamannia”, frantsuz va ispan tillaridagi “Alltmagne” hamda “Alemania” atamalari “Germaniya” atamasi bilan o’rin almashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz