Aleksey Yevstafeyev
Aleksey Vladimirovich Yevstafeyev (28.12.1967, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek sobiq futbolchisi, murabbiy.
Hayoti
Futboldagi faoliyati
Yevstafeyev Aleksey Vladimirovich futbolchilik faoliyatini 1990-yildan 1998-yilgacha "Traktor" klubida oʻtkazgan. 1999-yilda Xorazm tarkibiga kelib qoʻshilgan.
Murabbiylik faoliyati
Yevstafeyev murabbiylik faoliyatini Oʻzbekiston ikkinchi ligasidagi „Qibray“ klubida boshlagan. 2002-yilda "Paxtakor"ga oʻtib, klub akademiyasiga murabbiylik qiladi. 2009-yilda Yevstafeyev Oʻzbekistonning 15 yoshgacha boʻlgan (U-15, 1994-yilda tugʻilgan) yoshlar terma jamoasini boshqargan, uning vazifasi 2010-yilda 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati AFC U-16 chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritish edi. 2009-yilda jamoa 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
2010-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan U-16 yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Yevstafeyev shogirdlari musobaqa finaliga chiqib KXDRlik tengdoshlariga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chempionat natijalariga koʻra Yevstafeyev shogirdlari ilk bor 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 2011-yilgi jahon chempionatida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi 1-oʻrin bilan guruh bosqichidan chiqib, chorak finalda Urugvay termasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oʻsha yili Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida (U-19) Ahmadjon Musayevning yordamchisi etib tayinlandi. Jamoa 2012-yilda Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar borib 2013-yil U-20 jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 2013-yilgi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, turnirning 1/4 finaliga yoʻl oldi.
2011-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan Aleksey Yevstafeyev Oʻzbekistonda 2010-yilning eng yaxshi murabbiyi, shuningdek, yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi deb topildi. 2011-yil natijalariga koʻra Yevstafeyev Vadim Abramovdan soʻng ikkinchi oʻrinni qayd etdi.
2012-yilning 6-yanvarida Yevstafeyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga (21 yoshgacha) bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoa oldiga 2013-yilgi 22 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish asosiy vazifa qilib belgilandi. Yevstafeyev shogirdlari 2012-yil iyun oyida Nepalda oʻtkazilgan saralash turniridan muvaffaqiyatli oʻtdi.
2012-yil 26-dekabrda Yevstafeyev Oʻzbekiston U-18 yoshlar terma jamoasini boshqargan. Bu safar Yevstafeyev zimmasiga 2014-yilda Myanmada boʻlib oʻtadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida oʻtish vazifasi qoʻyildi. 2013-yilda U-18 terma jamoasi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, „A“ guruhida 2-oʻrinni egalladi.
2013-yilning dekabr oyi boshlarida U-22 jamoasida murabbiy almashdi. 2013-yilning 6-dekabr kuni Oʻzbekiston asosiy terma jamoasining hozirgi yordamchisi Shuhrat Maqsudov U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Yevstafeyev terma jamoaning katta murabbiyi, asistent boʻldi. Yevstafeyev, shuningdek, 18 yoshgacha boʻlganlar (1995-yilda tugʻilgan) jamoasining bosh murabbiyi lavozimini saqlab qoldi. 2014-yil 11-mart kuni Yevstafeyev oʻz iltimosiga binoan U-19 jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Bu lavozimda uning oʻrnini Sergey Luschan egalladi.
Yutuqlari
Murabbiy sifatida
Oʻzbekiston U15-U17 Shaxsiy Mukofotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org