Aleksey Pokrovskiy
Aleksey Alekseyevich Pokrovskiy (1916-yil 27-noyabr, Skobelev, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasida tugʻilgan — 1976-yil 28-noyabr, Moskva, SSSRda vafot etgan) — sovet biokimyogari, SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi (1969—76).
Hayoti
Aleksey Pokrovskiy 1916-yil 27-noyabrda Fargʻonada shifokor Aleksey Ivanovich Pokrovskiy oilasida tugʻilgan. 1923-yilda oila Voronejga koʻchib oʻtdi, u yerda Aleksey Voronej tibbiyot institutiga oʻqishga kirdi va 1940-yilda qizil diplom bilan tugatdi. Tibbiyot instituti rahbariyati Aleksey Alekseevichga Moskvada ishlashni tavsiya qiladi. 1940-yildan to vafotigacha Aleksey Pokrovskiyning ilmiy faoliyati Moskva bilan bogʻliq edi. Moskvadagi bir qator ilmiy-tadqiqot institutlarida ishlagan. 1952—1976-yillarda 1 va 2-Moskva tibbiyot instituti biokimyo kafedrasi professori, 1961—1976-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Oziqlantirish instituti enzimologiya laboratoriyasining direktori va mudiri lavozimlarida ishlagan.
Aleksey Pokrovskiy 1976-yil 28-noyabrda Moskvada, 60 yoshini nishonlashdan bir kun oʻtib vafot etdi.
Akasi — Vadim Alekseyevich Pokrovskiy (1909—1987), Tibbiyot fanlari doktori, Voronej tibbiyot instituti kafedra mudiri va bir qancha sheʼrlar toʻplami muallifi. U Mandelshtam bilan Voronej surgunida tanish boʻlgan, u haqida sheʼrlarida tilga olgan.
Ilmiy ishlari
Asosiy ilmiy ishlar oziqlanish biokimyosiga bagʻishlangan. Aleksey Alekseyevich 350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
U oziqlanishning hujayra membranalarining tuzilishi va funksiyasiga taʼsirini isbotladi.
U SSSR aholisining turli guruhlari uchun ovqatlanish standartlarini aniqlashtirishga rahbarlik qildi.
Jamiyatda
Xalqaro dietologlar ittifoqi kengashi aʼzosi.
Bir qator boshqa ilmiy jamiyatlarning aʼzosi.
Mukofotlari
Qizil yulduz ordeni (ikki marta)
Lenin ordeni (1976)
Oktyabr inqilobi ordeni
Mehnat Qizil Bayroq ordeni
SSSR Davlat mukofoti (1971)
Chexoslovakiya tibbiyot jamiyatining Ya. Purkine medali.
Manbalar
Adabiyot
Havolalar
uz.wikipedia.org