Aleksey Petrenko
Aleksey Aleksandrovich Petrenko (1910-yil 1-oktabr, Toshkent — 1979-yil 31-avgust, oʻsha yerda) — sovet geologi, Lenin mukofoti laureati (1959).
Tarjimai holi
1938-yilda Oʻrta Osiyo sanoat institutining geologiya fakultetini kon-geolog muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1938-1939-yillarda Oʻrta Osiyo geologiya tresti otryadi boshligʻi, soʻngra Qirgʻiziston (1939-1940), Oʻzbekiston (1940-1947) geologiya boshqarmalari partiyalari boshligʻi boʻlgan.
Partiya boshligʻi (1947-1950), Krasnogorsk ekspeditsiyasining bosh geologi va bosh muhandisi (1950-1951), Krasnoxolmsk ekspeditsiyasining rahbari (1951-yildan), keyinchalik qayta tashkil etilgan „Krasnoxolmskgeologiya“ IChGB (Ishlab Chiqarish Geoligiya Birlashmasi) (1973-yilgacha) rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Oʻnlab uran rudasi konlarini, shu jumladan Uchquduq uran konini (V.M.Mazin, A.I.Pak, F.N.Abakumov, M.E.Poyarkova bilan birgalikda) ochish, qidirish va sanoatga joriy etish ishlarini oʻtkazishning ishtirokchisi va rahbari hisoblanadi, uning negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tashkil etilgan.
Mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org