Aleksey Ovchinnikov
Aleksey Vladimirovich Ovchinnikov (1950-yil 2-aprel, Moskva, SSSR – 2008-yil 16-noyabr, Moskva, Rossiya) – sovet futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan. SSSR sport ustasi unvonini olgan.
Faoliyati
Aleksey Ovchinnikov faoliyatini Spartak (Moskva) yoshlar sport maktabi jamoasi tarkibida boshlagan. 1967-yilgi yoshlar musoboqasida 8 ta oʻyin oʻtkazgan. U 1968-yilda klubning kattalar jamoasida faoliyatini boshlagan va 16-aprelda SSSR Oliy ligasida debyut qilgan. Oʻsha mavsumda jami 2 ta oʻyin oʻtkazdi. Ovchinnikov 1971-yilgacha Spartak (Moskva) jamoasi safida qoldi, ammo chempionatda boshqa maydonga tushmadi. 1971-yilgi mavsumda klub kubokni qoʻlga kiritgan mavsumda kubok oʻyinlarining bitta oʻyinida qatnashdi.
1972-yildan 1973-yilgacha Minskning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan, chempionatda 11 oʻyin va SSSR kubogida 3 oʻyin oʻtkazgan. 1974-yildan 1978-yilgacha Moskvaning Lokomotiv (Moskva) jamoasini himoya qildi. Shu vaqt ichida chempionat va kubok bahslarida 147 oʻyinda 15 ta gol urdi va SSSR kubogida 16 ta uchrashuv oʻtkazdi. Kubok bahslarida 2 ta penaltidan gol urdi, shuningdek, 1 ta avtogol muallifi boʻldi. 1978-yilgi mavsumda jamoasi bilan turnirning yarim finaligacha yetib bordi. 1974-yilda SSSR Birinchi ligasi gʻolibi boʻldi. U 197- yilda jamoa sardori boʻlgan.
1979-yildan 1980-yilgacha „ Kuban“ futbol klubida oʻynagan. 1979-yilgi chempionatda 35 oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. Jamoa 1979-yilgi mavsumda Birinchi liganing kumush medali sohibi boʻlgan. 1980-yilgi mavsumda u Torpedo (Tolyatti) tarkibida harakat qildi. Ammo SSSR chempionatida maydonga tushmadi, kubokda 2 ta oʻyin oʻtkazdi.
Aleksey Ovchinnikov 1981-yilgi mavsumni ham Torpedo jamoasida oʻtkazdi. 1981-yilgi chempionatda 50 ta oʻyin oʻtkazdi va 18 ta gol urdi, shuningdek, SSSR kubogida 2 ta uchrashuv oʻtkazdi va 1 ta gol urdi. 1982-yilgi mavsumda Yangiyer klubi bilan shartnoma imzoladi. Mavsum davomida 8 uchrashuvda 1 ta gol urgan. 1983-yildan 1988-yilgacha Moskvaning „Fili“ havaskorlar jamoasi tarkibida oʻynagan.
Yutuqlar
Faoliyatini yakunlagandan keyin
Turli havaskor faxriylar turnirlarida qatnashib turgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org