Aleksey Ovchinin




 


Aleksey Ovchinin (Ruscha: Алексей Овчинин[1] 1971-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — Rossiya Harbiy-havo kuchlari mayori va kosmonavti, Ovchinin 2016-yilda oʻzining birinchi kosmik parvozini amalga oshirdi va 2018-yilda „Soyuz MS-10“ qoʻmondoni etib tayinlandi.




Yoshligi



Ovchinin Ribinsk shahridagi 2-sonli oʻrta maktabni tamomlagan.


1988-yil avgustdan 1990-yil sentyabrgacha Borisoglebsk oliy harbiy uchuvchilar maktabi kursanti, 1990-yil sentyabrdan 1992-yil avgustigacha Yeisk oliy harbiy uchuvchilar maktabining talabasi boʻlib, u yerda uchuvchi-muhandis malakasini oldi.


Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan 2012-yilda Ovchinin Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga olingan.



Kosmonavt faoliyati



2006-yil 11-oktyabrda kosmonavtlarni tanlash boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishida u Yuriy Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markaziga kosmonavt nomzodi sifatida tavsiya etildi.


2008-yil 16-iyundan 22-iyungacha Sevastopolda u Robert Thirsk (Kanada) va Richard Garriott (AQSh) bilan birga oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdi.


U 2015-yil 27-martda ishga tushirilgan „Soyuz TMA-16M“ ning zaxira ekipaji tarkibida mashq qildi. 2015-yilning kuzida Ovchinin va kosmonavt Oleg Skripochka 8 kun davomida XKS bortida kosmonavtlar uchun moʻljallangan 160 xil oshpazlik taomini tatib koʻrdi. Oziq-ovqat 9 balli tizimda baholandi.



Ekspeditsiya 47/48




Ovchinin 2016-yil 18-mart kuni Soyuz TMA-20M komandiri sifatida UTC vaqti bilan 21:26 da, 47/ 48 - ekspeditsiyaning bir qismi sifatida uchirilgan. U 2016-yil 7-sentabr kuni orbitada 172 kun boʻlganidan soʻng ekipaj azolari bilan yerga qaytdi.



Ekspeditsiya 59/60



Ovchinin 2019-yil 14-mart kuni amerikalik astronavtlar Nick Hague va Christina Koch bilan birga “Soyuz MS-12” da, XKSga uchirildi. Uchlik ekspeditsiya 59 ekipajiga qoʻmondon Oleg Kononenko va parvoz muhandislari David Saint-Jacques va Anne McClain bilan qoʻshildi.



Oilaviy hayot



Uning rafiqasi Svetlanadan, Yana ismli qizi (2007-yilda tugʻilgan) bor. Uning sevimli mashgʻulotlariga ov qilish, baliq ovlash va musiqa kiradi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz