Aleksey Nikolayev





Aleksey Vladimirovich Nikolayev (1979-yilning 5-sentabrida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Bunyodkor klubining sobiq futbolchisidir.




Futbolchilik faoliyati



Futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „Qizilqum Zarafshon“ klubida boshlagan. 2003—2005 yillarda „Paxtakor“ safida toʻp surgan va uch karra Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni boʻlgan. 2006-yilda u Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2006-yildan 2007-yilgacha „Aktobe“ da oʻynagan va 2007-yilda Qozogʻiston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan. 2008-yilda Oʻzbekiston Superligasining vakili „Quruvchi“ klubida bir mavsum oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Shenchjen Shangqingyin“ jamoasida o‘ynagan, 2010-yilda esa Samarqandning „Dinamo“ klubiga o‘tgan.



Milliy terma jamoa



Nikolayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning 14-mayida Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:1) oʻtkazgan. Aleksey 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun tarkibga kiritilgan. Musoboqada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi: Iroq bilan (1:0 va qizil kartochka), Turkmaniston bilan (1:0) va chorak finalda Bahrayn bilan (2:2, k.3:4) oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻz navbatida, 2007-yilgi Osiyo Kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo musoboqada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.



Yutuqlar



Paxtakor

Aktobe

Bunyodkor

Manbalar




Havolalar












uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz