Aleksey Negmatov
Aleksey Negmatov (tojikcha: Алексей Негматов; 1986-yil 4-yanvar, Tojikiston) — tojik futbolchisi, markaziy va qanot himoyachisi. Futbol boʻyicha Tojikiston terma jamoasi aʼzosi, Tojikiston Respublikasi sport ustasi.
Biografiyasi
Aleksey Negmatov 1986-yilning 4-yanvarida Tojikiston Respublikasida tavallud topgan.
Negmatov bolaligidan futbol bilan muntazam shugʻullana boshlagan. 200-yildan boshlab Tojikiston milliy terma jamoasi safida toʻp suradi.
Karyerasi
Aleksey Negmatov 2006-yildan 2010-yilga qadar, asosan, Tojikistonning „Vaxsh“, Qoʻrgʻontepaning „Tojiktelekom“ hamda Oʻzbekistonning „Andijon“ klublarida faoliyat olib borgan.
Negmatov 2011—2012-yillarda „Regar-TadAZ“ terma jamoasi safini himoya qilgan, biroq 2013-yilning mart oyiga kelib, ushbu jamoani tark etadi va Koʻlobning „Ravshan“ klubi nomidan oʻyinlarda maydonga tusha boshlaydi. Ushbu klub tarkibida Negmatov 2013-yilda Tojikiston chempionligini qoʻlga kiritadi.
2014-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Negmatov Tojikiston Oliy ligasida endigina oʻyinlarini boshlayotgan „Daleron-O‘roteppa“ jamoasi safiga qo‘shiladi va ushbu klub safida ham bir qancha yutuqlarga erishishga muvaffaq boʻladi.
Yutuqlari
Aleksey Negmatov futboldagi faoliyati davomida Tojikistonning ikki karra chempionligini qoʻlga kiritgan, shuningdek, uch karra Tojikiston kubogi sohibiga aylangan.
2004-yilda Tojikiston milliy terma jamoasi safida Negmatov oʻzining debyut oʻyinlarini olib borgan, oradan ikki yil oʻtgach, 2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi gʻolibiga aylangan. Shuningdek, terma jamoa safida Negmatov xalqaro musobaqalarda ham maydonga tushirilgan boʻlib, oʻzining milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini 2012-yilda Filippinga qarshi kechgan bahsda oʻtkazgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org