Aleksey Fedchenko




Aleksey Pavlovich Fedchenko (1844.7.2, Irkutsk — 1873.3.9.) — rus tabiatshunosi, Oʻrta Osiyoni tadqiq qilgan olim. Moskva universitetini tugatgan (1864). Zool.ga oid toʻplamlar va gerbariylar toʻplagan. Antropologiya va etn. bilan shugʻullangan. 1868—71 yillarda Olay vodiysiga sayohat qilgan. Olay orti tizmasini oʻrgangan. Hisor Olay togʻ sistemasining orografik sxemasini tuzgan. Rishta kasalligi qoʻzgʻatuvchisining biologiyasini aniklagan. Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisiga chiqishda halok boʻlgan. F.ning toʻplagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, "A.P. Fedchenkoning Turkistonga sayohati" nomli rus tilidagi kitobida nashr qilingan (1872—77 va 1950-yillar). Pomir togʻidagi muzlik F. nomi bilan atalgan.
























uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz