Aleksey Dionisiev





Aleksey Yordanov Dionisiev (1973-yil 21-aprel; Vidin, Bolgariyada tugʻilgan) — bolgar va oʻzbek futbolida himoyachi ampulasida oʻynagan. U professional faoliyatini yakunlagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.




Faoliyati



Aleksey Dionisiev oʻzining professional faoliyatini 1992-yilda tugʻilgan shahrining „Bdine“ jamoasi aʼzosi sifatida boshlagan. Bdine tarkibida u 1993-yilgacha oʻynagan va shu vaqt ichida u 18 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 1994-yil boshida u Shumen jamoasi tarkibiga oʻtdi va 1996-yilning oxirigacha ushbu klubda oʻynagan va u yerda 84 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol urgan. Keyingi yillarda u Bolgariya ligalarining turli klublarida toʻp surgan.


2004-yilda u Gretsiyaning „Patriakos“ klubiga oʻtgan va bu klubda ikki mavsum oʻynagan. „Patriakos“ tarkibida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. 2005-2006-yillarda Gretsiya va Bolgariyaning turli klublarida toʻp surgan. 2007-yilda Dionisiev Bolgariyaning „Vihren“ klubida oʻynagan. Aynan shu klubda u professional faoliyatini yakunlagan.



Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati



2001-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga Aleksey Dionisiev va yana bir bolgariyalik futbolchi Georgiy Georgiev taklif qilingan. Ko‘p o‘tmay, ular O‘zbekiston pasportini olib, O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynay boshlagan. Aleksey Dionisiev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2001-yilning 23-aprelida 2002-yilgi Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun saralash turniri doirasida Tayvan terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan va shu oʻyinda u oʻzining ilk golini urgan. O‘sha uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Tayvan terma jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Dionisiev jami beshta o‘yin o‘tkazib, bir marotaba gol urishga muvaffaq boʻlgan.



Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlari




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz