ALEKSEY 1 KOMNIN (taxminan 1048- 1118.15.8) — Vizantiya imperatori (1081 yildan). Komninlar sulolasi asoschisi. Qishloq aristokratlaridan, yirik sarkarda. Komninlar xonadoni va u bilan qarindosh harbiy aristokratiyaga tayanib imperatorlik taxtini egallagan. Ko’plab isyonlarni bostirgan, cherkovni imperator hokimiyatiga bo’ysundirishga intilgan. Normannlar, bijanaklar va Saljuqiylar hujumini qaytargan (1090-91). Salibchilarning muvaffakiyatlaridan foydalanib imperiyaning Kichik Osiyodagi yerlarini kengaytirgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish