Aleksandra Stepanova
Aleksandra Nikolayevna Stepanova (ruscha: Александра Николаевна Степанова; 1995-yil 19-avgustda tugʻilgan) — muz ustida konkida uchish boʻyicha muosbaqalarda qatnashgan rossiyalik sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish bo‘yicha sherigi Ivan Bukin bilan birga to‘rt karra Yevropa chempionatining medal sovrindori (2019-yilda kumush, 2015-yil, 2018-yil va 2020 -yilgi bronza), 2018-yilgi Xelsinki Gran-pri musobaqasining chempioni, 2018 Rostelecom Cup turniri chempioni va ikki karra Rossiya chempionidir.
Faoliyatining boshida Stepanova / Bukin 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2012 — 2013 yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining finalida va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya Chempionatida gʻolib chiqqan.
Shaxsiy hayoti
Aleksandra Stepanova 1995-yil 19-avgustda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tugʻilgan. Uning onasi voleybolchi, otasi esa konkida uchuvchi boʻlgan.
Faoliyati
Dastlabki yillari
Stepanova konkida uchishni 1999-yilda oʻrgana boshladi. Sankt-Peterburgda raqs maktabi yoʻqligi sababli u Moskvaga koʻchib oʻtgan. Stepanova 2006-yilda murabbiylar Irina Juk va Aleksandr Svinin tomonidan Bukin bilan juftlashtirilgan.
2010 — 2011-yildan 2011 — 2012-yilgacha
Stepanova / Bukin juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilgan. Ular ikkala musobaqada ham gʻalaba qozonishgan va 2010-yilgi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda juftlik bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Stepanova / Bukin juftligi Ruminiya va Italiyada boʻlib oʻtgan 2011 — 2012-osmirlar oʻrtasidagi musobaqalarining ikkalasida ham gʻolib chiqdilar. Ularning gʻalabasi finalga yoʻlllanmani berdi. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. Keyin Stepanova / Bukin juftligi 2012-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.
2012 — 2013-yilgi mavsum: Oʻsmirlar oʻrtasida Jahon Chempionligi
Stepanova / Bukin Turkiya va Germaniyadagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Ular finalda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Stepanova / Bukin juftligi Bukinning shamollashi tufayli 2013-yilgi Rossiya Oʻsmirlar Chempionatini tark etgan.
Natijalari
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Bukin bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org