Aleksandra Maltsevskaya
Aleksandra Maltsevskaya (ruscha: Александра Мальцевская ; 2002-yil 5-iyulda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan, polyak ayol shaxmatchisi. U FIDE xalqaro usta (IM) unvoniga ega.
Hayoti
Aleksandra Maltsevskaya 2002-yil 5-iyulda Rossiyaning Rostav Don shahrida dunyoga kelgan. U Rostov-Don shahridagi shaxmat maktabi oʻquvchilaridan biri edi. 2015-yilda u 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Rossiya chempionatida gʻoliblikka erishdi.
2000-yillarda Maltsevskaya turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa chempionati va shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Rossiya nufuzini bir necha bor himoya qilgan. Jumladan, u oltita medalni qoʻlga kiritgan, bular: bitta oltin (2016-yilda, 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha yevropa chempionatida), ikkita kumush (2015-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida va 2016-yilda 14 yoshgacha qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida) va ikkita bronza (2012-yilda 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida va 2017-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon chempionatida). 2013-yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida 11 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2018-yilda Maltsevskaya Turkiyaning Gebze shahrida oʻtkazilgan 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikka erishdi va FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi. Hozirda Aleksandra Maltsevskaya shaxmat boʻyicha faoliyatini davom ettirmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org