Aleksandr Xomyakov





Aleksandr Andreyevich Xomyakov (1969 -yil 5-mart) — sovet va rus futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynagan. Hozirgi vaqtda murabbiy.




Futbolchilik faoliyati



Kaspiysk shahridagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1987-yilda Maxachqal’aning „Dinamo“ jamoasida boshlagan. 1991-yilda "Sokol-Saratov" klubiga oʻtdi. 1992-yildan 1995-yilgacha Volganing „Torpedo“ darvozasini himoya qilgan. Keyinchalik, "Nalchik-Spartak", „Diana Voljsk“ va „Salyut-Saratov“ klublarida toʻp surdi. 2001-yilda Qozogʻistonga koʻchib, „Yesil-Kokshetau“da oʻynadi, 6 oʻyinda 15 ta gol oʻtkazib yubordi va tez orada klubni tark etdi. 2003-yilda Yoshkar-Olaning „Spartak“ jamoasida oʻynagan. Faoliyatini Volga „Torpedo“sida yakunladi.



Murabbiylik faoliyati



Aleksandr Xomyakov murabbiylik faoliytaini Oʻzbekistonda, Muborakning „Mash’al Akademiya“ 2-jamoasida yoshlarni tarbiyalshni boshladi va 2011-yil klub bosh murabbiyiga aylandi. 2013-yilgi mavsum boshida Akademiyadagi muvaffaqiyatlaridan soʻng Muborakning asosiy jamoasi „Mashʼal“ klubining bosh murabbiyiga aylandi. 2014-yil OFKning murabbiylik PRO litsenziyasini oldi. 2019-yil gacha Muborakliklar bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi. 2019-yil mavsumning ikkinchi qismida „Andijon“ klubi bosh murabbiyiga aylandi. 2020-yil mavsum boshida „Andijon“ klubi murabbiylik postini topshirdi. Ikki yillik tanafusdan soʻng yana Muborakning „Mashʼal“klubi bosh murabbiyiga aylandi. 2022-yilgi mavsum boshida oʻz xoxishiga koʻra bosh murabbiylikdan ketdi. Hozirda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi.



Yutuqlar



Murabbiy sifatida




Manbalar




Havolalar












uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz