Aleksandr Xolminov
Aleksandr Nikolayevich Xolminov (1925-yil 8-sentabr, Moskva — 2015-yil 26-noyabr, Moskva) — sovet rus bastakori, musiqa va jamoat arbobi. SSSR xalq artisti (1984). SSSR Davlat mukofoti (1978) va Glinka nomidagi RSFSR Davlat mukofoti (1969) laureati.
Tarjimai hol
Aleksandr Xolminov 1934-1941-yillarda Moskva Bauman tumanidagi musiqa maktabida(hozirgi S.S.Prokofьyev nomidagi Moskva shahar bolalar musiqa maktabi) ta’lim oladi.
U 1943-yilda Mosvka qoshidagi bilim yurtida bastakorlik boʻlimiga qabul qilinadi. Uning rahbarlari Ye.O.Messner va I.V.Sposobin edilar. Bilim yurtida oʻqish bilan birga boʻlajak bastakor 2 yilga yaqin vaqt mobaynida Frunze nomidagi harbiy akademiyada ishladi. Xolminov bir yarim yil davomida bilim yurtini tamomladi va 1944-yili konservatoriyaga kirish uchun tavsiyanoma oladi.
U 1950-yilda P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva konservatoriyasini Ye. K. Golubeva rahbarligi ostida bitiradi.
Xuddi shu 1950-yilda u SSSR Bastakorlar uyushmasiga qabul qilindi. 1959-yilda RSFSR Bastakorlar uyushmasi tashkiliy qoʻmitasi a’zosi boʻldi. SSSR (1968-1990) va RSFSR (1973-1990) Bastakorlar uyushmasi boshqaruvi kotibi boʻladi.
Xolminov asosan opera va vokal-simfonik musiqasida faoliyat olib borgan.
1973-1990-yillarda bastakor RSFSR davlat mukofotlari boʻyicha hay’at a’zosi boʻladi.
Sochidagi I va II Xalqaro yoshlar qoʻshiq festivalida (1957-1968-yillarda), V.I.Lenin tavalludining 100-yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan Butunittifoq tanloviga hamda Drezdendagi (1977-yilda) Xalqaro kamera operasi tanlovi hakamlar hay’ati ishiga boshchilik qilgan. U shuningdek, Ovrupo madaniyat jamiyati (1966-yilda) a’zosi hamdir.
Bastakor 2015-yil, 26-noyabrda Moskvada fafot etadi
Oilasi
Mukofot va unvonlar
Ijodiy faoliyati
Ijodining eng mashhur qismi operalar boʻlib, ularning aksariyati klassik rus adabiyoti asarlari syujetlarida yozilgan. Operalar mamlakatlarning yetakchi sahnalarida Katta teatr, Marinskiy teatri, B.A.Pokrovskiy nomidagi Moskva davlat akademik kamera musiqali teatri va boshqalarda namoyish etilgan.
Operalar
Kantatalar
8 ta kantata, jumladan:
Orkestr uchun
Konsertlar
Boshqa
Filmografiyasi
Manbalar
uz.wikipedia.org