Aleksandr Viktorovich Abt





Aleksandr Viktorovich Abt (ruscha: Александр Викторович Абт; 22-oktyabr 1976-yil, Moskva, SSSR) — erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sovet va rus figurali uchuvchisi. 2003-yil Rossiya chempionligini qoʻlga kiritgan va 1991-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi vitse-jahon chempioni boʻlgan. Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan qishki Universiadaning bronza medali sovrindori. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 1997 — 1998-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.




Tarjimayi holi



Aleksandr Viktorovich Abt 6 yoshida birinchi marta konkida uchishni boshlagan. Dastlab u bilan murabbiy Sergey Volkov, keyinroq esa Rafael Arutyunyan shugʻullangan. Oʻzining sport faoliyati davomida Aleksandr turli jarohatlarga duchor olgan. Ulardan eng jiddiyini 1996-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan musobaqadagi namoyishlarida olgan. Aleksandr Viktorovichning soʻnggi havaskor turniri 2004-yilgi Rossiya chempionati boʻlib, u yerda olgan jarohati tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan.


1999-yilda Aleksandr rossiyalik figurali uchuvchi (muz ustida raqs) Yelena Pavlovaga uylandi. Er-xotinning 2000-yil mart oyida dunyoga kelgan Makar ismli oʻgʻli bor. Hozir oila AQShning New Jersey shtatida istiqomat qiladi. Aleksandr va Yelena mahalliy muz maydonchasida mashq qilishadi.


2008-yilda Aleksandr Rossiya televideniyesining „Birinchi kanal“ ida efirga uzatilgan „Muzlik davri-2“ (Lednikoviy period-2) nomli koʻrsatuvida ishtirok etgan va u yerda aktrisa Anastasiya Makeeva bilan chiqish qilgan.



Natijalari



1998-yildan keyin




1998-yilgacha




Filmografiyasi



2008-yil — Jarkiy lyod — Maksim Voronin



Manbalar




Yana qarang




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz