Aleksandr Vaxnov
Aleksandr Yevgenyevich Vaxnov (ruscha: Александр Евгеньевич Вахнов; 1999-yil 16-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Sofya Polishchuk bilan birga 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori va 2017-yili Avstraliyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasining chempioni boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Aleksandr Yevgenyevich Vaxnov 1999-yil 16-fevralda Rossiyaning Kirov tumani, Kirov shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
Faoliyatining boshlanishi
Vaxnov 2003-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2009 — 2010-yilgi mavsum oldidan Sofiya Polishchuk bilan juftlik hosil qilgan.
Polishchuk / Vaxnov juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan va 2010 NRW Trophy musobaqasida ishtirok etib, yangi konkida uchuvchilar toifasida gʻolib chiqqan. Juftlik 2014 — 2015-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk xalqaro musobaqasida, oʻsmirlar toifasida debyut qilgan; 2014-yilgi Ice Star turniri va 2014 NRW Trophy musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2015 — 2016-yilgi mavsum
Polishchuk / Vaxnov juftligi 2015 — 2016-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) turnirida ishtirok etishi uchun tanlab olindi. Juftlik sentyabr oyi boshida AQShning Colorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan JGP musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan uch hafta oʻtgach, Polshaning Torun shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqchida beshinchi oʻrindan joy olgan.
Juftlik 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
2016 — 2017-yilgi mavsum
Polishchuk / Vaxnov juftligi avgust oyida Fransiyaning Saint-Gervais-les-Bains shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi JGP seriyasida ishtirok etib, bronza, keyin esa sentyabrda Sloveniyaning Lyublyana shahrida oʻtkazilgan huddi shu turnirda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Juftlik 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida qatnashib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
2022 — 2023-yilgi mavsum
May oyida Vaxnov amerikalik Isabella Flores bilan juftlik hosil qilgani eʼlon qilingan.
Dasturlari
Polishchuk bilan
Natijalari
JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Polishchuk bilan
Manbalar
uz.wikipedia.org