Aleksandr Tyurin





Aleksandr Ivanovich Tyurin (1959-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — rangtasvir-rassomi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi “Rangtasvir boʻlimi” raisi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining “Monumental rangtasvir” kafedrasi dosenti.




Tarjimai hol



Tyurin Ivanovich 1959-yilda Markaziy Osiyoda, Tyan-Shan togʻlarida geolog va meteorolog oilasida tugʻilgan. 1981-yilda Toshkentda P.P.Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtining rangtavir yoʻnalishini tamomlagan. 1984-1986-yillarda K.TurkVO(SSSR qurolli kuchlarining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi harbiy okrugi)  SSSR Qurolli Kuchlari, Afgʻoniston 40-armiyasining maxsus maqsadli batalonida xizmat qilgan.


Soʻng boʻlajak rassom 1988-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining monumental rangtasvir fakultetini tamomlagan.  Aleksandr Tyurin 1991-yilda SSSR Badiiy akademiyasining I.Ye.Repin nomidagi Leningrad institutining “Rangtasvir va rassomchilik” yoʻnalishi boʻyicha maqsadli assistenturani tamomlagan. Uning ustozlari professorlar B.S.Ugarov, O.A.Yeremeyev, B.M.Lavrenko, M.M.Devyatov, M.M.Gerasimovlar edi.


U 1988-1993-yillarda Y.Oxunboboyev nomidagi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Rangtasvir va rassomchilik” dizayn kafedrasida talabalarga dars bergan.


Tyurin 1994-yildan 2004-yilgacha Moskvada yashagan. Bundan tashqari,   oʻz ijodiy faoliyati bilan shugʻullanib, koʻrgazmalar tashkil etgan.


Oradan biroz vaqt oʻtib rassom 2005-2011-yillarda Toshkent shahriga keladi, koʻrgazmali, ijodiy-jamoaviy faoliyat bilan shugʻullanadi.


Tyurin Ivanovich 2012-yildan buyon Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining monumental rangtasvir kafedrasida talabalarga saboq berib kelmoqda.


Oʻz ustida ishlagan rassom 2014-yilda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlar ijodiy birlashmasi Rangtasvir seksiyasi raisi boʻladi.



Ijodiy uyushmalarga a’zoligi




Mukofot va unvonlar




Bibliografiyasi



Albomlar




Kataloglar




Manbalar




Havolalar























uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz