Aleksandr Tixonov
Aleksandr Viktorovich Tixonov (1965-yil 19-aprel) — sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi. Fargʻonaning „Neftchi“ futbol klubi safida uch marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilgi Osiyo oʻyinlarida gʻolibi. Oʻzbekiston terma jamoasidagi oʻyinlari bilan mashhur.
Biografiyasi
Futbolchi va murabbiy Viktor Tixonovning farzandi.
Aleksandr Tixonov 1986-yilda SSSR ikkinchi ligasida "Sohibkor" klubi safida oʻynay boshlagan va klub bilan guruh turnirida gʻolib chiqqan. Biroq klub birinchi ligaga chiqa olmagan. 1988-yilda Sergiy Bauyer bilan birga Simferopolning „Tavriya“ birinchi liga jamoasi oʻyinchisiga aylangan. Ular bilan birga Oʻrta Osiyodan Ruslan Adjiyev ham jamoaga qabul qilingan. 1989-yili ikkinchi liganing boshqa bir klubi Fargʻonaning „Neftyannik“ klubi futbolchisiga aylanib, Fargʻona klubi safida ikkinchi liga guruh turniri gʻolibi boʻlgan. 1990-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida qisqa muddat birinchi ligada toʻp surgan, soʻng Fargʻona jamoasiga qaytib, ikkinchi liga bufer zonasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1991-yilda esa birinchi liga jamoasida oʻynagan. SSSR parchalanganidan keyin Aleksandr Tixonov Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida Oʻzbekiston oliy ligasida toʻp surgan. Fargʻonaliklar safida uch karra mamlakat chempioni boʻlgan va bir bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 1995-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan, shundan soʻng futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan.
Oʻzbekiston terma jamoasi safida
Aleksandr Tixonov SSSR xalqlari Spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida oʻynagan va 1986-yilda kumush medal sovrindori boʻlgan. Tixonov 1992-yil 17-iyun kuni Tojikiston terma jamoasi bilan kechgan oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan. 1994-yilda Tixonov Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan.
Garchi OFK oʻsha yili terma jamoada faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar boʻlishi kerak, degan qarorga kelgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkibda kelgan. Aleksandr Tixonov turnirda gʻolib chiqqan jamoaning asosiy himoyachilaridan biri boʻlgan. Tixonov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazib, 1ta gol urgan. Turnirning Xitoy terma jamoasi bilan boʻlgan soʻnggi oʻyini futbolchi uchun terma jamoadagi oxirgi oʻyin boʻlgan. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.
Murabbiylik faoliyati
1999-yilda „Surxon“ klubida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan.
Yutuqlari
Davlat mukofotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org