Aleksandr Titel
Aleksandr Borisovich (Boruxovich) Titel (1949-yil 30-noyabrda tugʻilgan, Toshkent) — sovet va rus opera rejissyori, oʻqituvchi, professor. Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqali teatri opera truppasining badiiy rahbari va bosh direktori. Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (1999). SSSR Davlat mukofoti laureati (1987). Toʻrt karra „Oltin niqob“ teatr mukofoti sovrindori (1997, 2007, 2010, 2016).
Tarjimai holi
1949-yil 30-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Musiqa maktabida skripka sinfida oʻqigan, matematika maktabini oltin medal bilan tugatgan. Toshkent politexnika institutining energetika fakultetiga oʻqishga kirib, 1972-yilda „Elektromexanik muhandis“ mutaxassisligini olgan. 1980-yilda Rossiya teatr sanʼati institutini (GITIS) tamomlagan. Aktyorlik va rejissyorlik ustasi L.D.Mixaylov boʻlgan. GITISni tugatgandan soʻng, Sverdlovsk davlat akademik opera va balet teatriga ishlashga taklif qilingan, tez orada uning bosh direktori boʻlgan va 1991-yilgacha bu lavozimda ishlagan. 1991-yilda K.S.Stanislavskiy va Vl.I.Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqali teatri opera truppasining badiiy rahbari va bosh direktori boʻlgan.
Rossiya xalq artisti Igor Yasulovich bilan birgalikda GITIS musiqali teatr fakultetida aktyorlik va rejissyorlik boʻyicha oʻzlarining shaxsiy mahorat darslarini olib borganlar. Titel va Yasulovichning musiqali teatr fakulteti bitiruvchilari bilan ijro etgan spektakllari — „Figaroning toʻyi“, V.Motsartning „Sehrli nay“, B.Brittenning „Albert Herring“ spektakllari — 1996-1998, 2002 va 2011-2015-yillarda Moskva Akademik musiqali teatri repertuariga kiritilgan.
„Oltin niqob“ Milliy mukofoti sovrindori, rejissyor sifatida: J.Puchchinining „Bogema“ (1997), V.Motsartning „Barcha ayollar shunday qiladi“ (2007), V. Kobekinning „Gamlet (daniya) (rus) komediyasi“ (2012), L.Kerubinining „Medeya“ (2016) asarlari uchun, eng yaxshi spektakl uchun: J.Verdining „Ernani“ (1995), J.Offenbaxning „Goffman ertaklari“ (2012), M.Mussorgskiyning „Xovanshina“ (2016). Titelning spektakllari Edinburg, Kassel, Riga, Efes, Aspendos , Saaremdagi festivallarda ishtirok etgan.
Oilasi
Uylangan, oʻgʻli bor.
Spektakllari
K.S.Stanislavskiy va Vl.I.Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva musiqali teatri ; Katta teatr
; Boshqa teatrlarda operalar
Umuman olganda, Rossiyada va xorijda 50 dan ortiq opera spektakllarini sahnalashtirgan.
Mukofotlari va unvonlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org