Aleksandr Syoderlunn
Alexander Toft Søderlund (talaffuzi: Aleksandr Syoderlunn; 1987-yil 3-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Haugesund jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Norvegiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Klublardagi faoliyati
Yoshligida Søderlund Stegaberg IL, Haugesund va Vard Haugesundda oʻynagan. Keyinchalik sayohatchi boʻlib, 2008—2010-yillarda toʻrtta xorijiy davlatning oltita turli klubida oʻynadi.
Xorijdagi omadsiz tajribasi 2010-yilning yozida, Italiya toʻrtinchi divizioni vakili Calcio Lecco jamoasida tugadi.
Keyin vataniga qaytib keldi va 2010-yilgi mavsumda sobiq klubi Vard Haugesund (Norvegiya ikkinchi divizioni) jamoasida oʻynadi.
2011-yilning yanvarida „Haugesund“ klubiga oʻtdi va 2011-yilning 20-martida Søderlund Tromsøga qarshi debyut qildi. 2011-yil 8-may kuni Stabæk darvozasiga ikkita gol urdi va debyut mavsumini 11 ta gol bilan yakunladi.
2013-yil 17-iyun kuni Rosenborg BK Søderlundni Haugesunddan sotib olganini eʼlon qildi. Søderlund klubga 15-iyul kuni kelib qoʻshildi. Rosenborg 2013-yilgi Norvegiya futbol kubogi finalida Moldega qarshi oʻyinda 4:2 hisobida magʻlub boʻldi. Søderlund klub bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2016-yilning 4-yanvarida Søderlund AS Saint-Étiennega 3,5 yillik shartnoma asosida qoʻshildi. „Rosenborg“ga toʻlangan transfer narxi 1,5 dan 2 million yevrogacha baholangan. 13 kundan soʻng, Lyonga qarshi derbida oʻzining debyut hamda uchrashuvning yagonona golini kiritdi.
Tezlik va texnikaning yetishmasligi sababli Fransiyada tez-tez tanqid qilindi. Shuning uchun 2018-yilning yanvarida sobiq jamoasi „Rosenborg“ga oʻtdi. Toʻlangan transfer narxi 500 000 yevroga baholangan.
Xalqaro faoliyati
2011-yil 23-noyabrda Søderlund 2012-yil yanvarida Tailandda o‘tkaziladigan uchta o‘rtoqlik o‘yini uchun Norvegiya terma jamoasiga kiritildi. Norvegiya terma jamoasi safida 2012-yilning 15-yanvarida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (1:1) oʻynadi. 2012-yil 11-sentabrda Sloveniyaga qarshi 2014-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida 89-daqiqadan so‘ng Elyunussining o‘rniga maydonga tushdi, uchrashuvda Norvegiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Faoliyat statistikasi
Klub
7-noyabr, 2022-yil[10]
Xalqaro gollar
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Norvegiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Søderlund golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
Yutuqlari
Rosenborg Manbalar
uz.wikipedia.org