Aleksandr Sukin
Aleksandr Timofeevich Sukin (1887—yil 25-mart Orenburg viloyati – 1938-yil 28-mart, Toshkent) – general-mayor, Orenburg kazak armiyasining bolsheviklarga qarshi qoʻzgʻolonlarida janubiy otryadining shtab boshligʻi (1918) va 11-kazak polki qoʻmondoni (1919-1919) boʻlib xizmat qilgan. Surgunda Sovet harbiy razvedkasida ishlagan. General-leytenant Nikolay Sukinning ukasi.
Hayoti
1987-yil 25-mart kuni Burannaya qishlogʻida kapitan Timofey Petrovich Sukin oilasida tugʻilgan. Aleksandr Ikkinchi Orenburg kadet korpusini tamomlagan, soʻngra poytaxtdagi Nikolaev otliq maktabiga oʻqishga kirgan. Bundan tashqari, u Ofitserlar gimnastikasi maktabida tahsil olgan.
1904—yil 1—sentabrda boshlab Rossiya imperiyasi armiyasida harbiy xizmatni oʻtashni boshlagan. 1906—yil mart oyida kornet unvonini olgan. 1909-yilda yuzboshi, 1913-yilda podesaul boʻldi. U Birinchi jahon urushining oʻrtalarida 1916-yilda kapitan unvoniga erishgan. Fuqarolar urushi avjida, 1918-yil iyul oyida „kazaklarning bolsheviklarga qarshi kurashini tashkil etishdagi alohida faoliyati va bu kurashda koʻrsatgan jasorati uchun“ harbiy brigadir darajasiga koʻtarildi. Oʻsha yilning sentabr oyi oʻrtalarida polkovnik unvonini oldi. General-mayor unvoni bolsheviklarga qarshi kurashning faol bosqichi yakunida, 1920-yil 18-oktabrda olgan.
1906-1908—yillarda Orenburg 4-kazak polkida, 1911-1914 yillarda Orenburg 3-kazak polkida xizmat qilgan, u yerdan Orenburg 17-kazak polkiga (1914 yil 27 iyuldan) oʻtgan.
1918-yildan boshlab Orenburg kazak armiyasi hududidagi qoʻzgʻolonchilar harakatida faol ishtirok etdi, Burannaya va Izobilnaya qishloqlaridan otryadga rahbarlik qildi – keyinchalik bu lavozimga kapitan A. P. Donetskov tayinlandi. 1918-yil yozida u bolsheviklarga qarshi isyonchilarning janubiy otryadining shtab boshligʻi boʻldi.
1918-yil sentabr oyining oʻrtalarida u Orenburg kazak armiyasining harbiy qoʻmondonligi ixtiyorida edi. Dastlab, u Orenburg 7-kazak polkining vaqtincha qoʻmondoni etib tayinlangan, ammo bu buyruq Ural armiyasi korpusiga yuborilganligi sababli bekor qilingan. Oktabr oyining boshida u Orenburg 11-kazak polkining qoʻmondoni etib tayinlangan.
Fuqarolar urushi oxirida Sukin rafiqasi Lidiya Pavlovna, oʻgʻli Vadim va xotinining onasi Nina Nikolaevna bilan Xarbinga surgunqilingan, u yerda harbiy aloqa xizmati boshligʻi vazifasini bajargan. Akasining oʻlimidan keyin sovet harbiy razvedkasi tomonidan yollangan va „Iskandar“ taxallusini olgan. 1933—yilda markazning buyrugʻi bilan u Xitoy hukumatining shubhalari tufayli oilasi bilan SSSRga yashirincha olib ketilgan.
1937—yilning kuzida Toshkentda istqomat qilayotgan Sukin hibsga olindi. SSSR NKVD ning navbatdan tashqari yigʻilishida „xiyonat va josuslik“da ayblanib, oʻlimga hukm qilindi. Hukm 1938-yil 28-martda amalga oshirilgan.
Mukofotlari
Oilasi
Ukasi Nikolay Timofeevich Sukin (1878-1937) – general-leytenant, VI Ural armiyasi korpusi qoʻmondoni (1919). Oʻgʻli Vadim Aleksandrovich Sukin (1913-1991) – qurilish muhandisi, arxitektor, Sovet razvedkachisi, NKVD lagerlarida 18 yil xizmat qilgan
Manbalar
uz.wikipedia.org