Aleksandr Stepanov




Aleksandr Ivanovich Stepanov (1903.21.10 — 1981.10.12) Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1924—45 yillar Saratov, Arxangelsk, Xabarovsk, Minsk, Odessa teatrlarida ishlagan. 1946—58 yillar Toshkentdagi M. Gorkiy nomidagi rus drama teatrida aktyor. "Serdaromad joy"da Jadov, "Aybsiz aybdorlar"da Neznamov, "Akllilik balosi"da Chatskiy,"Makr va muhabbat"da Ferdinand, "Hamlet"da Laert, "Soʻna"da Artur, "Tulki va uzum"da Ezop kabi rollari bilan tanilgan. Gutskovning "Uriel Akosta"dagi Uriel Akosta roli S. ijodining choʻqqisi boʻldi.


















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz