Aleksandr Shovkovskiy
Oleksandr Volodimirovych Shovkovskyi (talaffuzi: Aleksandr Shovkovskiy; 1975-yil 2-yanvarda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq professional futbolchi. 1993-yildan 2016-yilgacha Ukraina futbolining eng yuqori darajasi boʻlgan Ukraina Premyer-ligasida Kyivning „Dynamo“ jamoasida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Shovkovskyi Ukrainaning Kiyev shahrida tugʻilgan, Kiyevning „Dynamo“ futbol akademiyasini bitirgan. Oʻsmirlik davridan hozirgacha faqat bitta klubda oʻynagan. „Dynamo“da 1993-yilda liga bahslarida debyut qildi. Kelgusi yilga kelib Ukraina milliy terma jamoasiga chaqirildi. Faoliyatining koʻp qismini „Dynamo“ ning asosiy darvozaboni sifatida oʻtkazdi (jarohatlari tufayli baʼzi oʻyinlarda oʻynamagan). 2009-yil oxiriga kelib 300 dan ortiq oʻyin oʻynagandi va Ligadagi oʻrtacha gol oʻtkazib yuborishi .632 boʻldi.
2011-yilning yozida Shovkovskyi Chempionlar ligasidagi 100-uchrashuvini oʻtkazdi (Qozonda Rubinga qarshi). Shovkovskyi yevrokuboklarda 121 ta o‘yin o‘tkazib, 33 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Bu oʻyinlarning 109 tasi UEFA Chempionlar ligasiga toʻgʻri kelgan (77 ta, saralash oʻyinlaridan tashqari), shundan 28 tasidasida gol oʻtkazmagan.
2016-yil 13-dekabrda Shovkovskyi 41 yoshida nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
Shovkovskyi 2006-yilgi Jahon chempionatida Ukraina terma jamoasining asosiy posboni boʻlgan. Ikkinchi davradagi Shveysariyaga qarshi o‘yinda Marco Streller va Ricardo Cabanasning penaltidan tepgan zarbalarini qaytarib qoldi. Seyvlari tufayli Ukrainani chorak finaliga chiqdi. Oleksandr 2008-yil boshida Isroilda boʻlib oʻtgan Channel One Cupda turnirning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi, bu turnirda „Dynamo“ klubining asosiy raqibi Shakhtarga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi. Ushbu oʻyin davomida penaltilar seriyasida Oleksandr Shovkovskyi 3 ta zarbani qaytardi.
2012-yilning sentabrida Shovkovskyi Ukraina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
2013-yilgacha Shovkovskyi Ukraina terma jamoasida golsiz oʻynagan 728 daqiqasi bilan rekord oʻrnatdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
17-oktyabr, 2017-yil holatiga koʻra[7]
Xalqaro
29-fevral, 2012-yil holatiga koʻra[8]
Yutuqlari
Dynamo Kyiv Individual Manbalar
uz.wikipedia.org