Aleksandr Shmarikov




 


Aleksandr Stepanovich Shmarikov (1961-yil 1-yanvar, Qozoq SSR, Djambul, SSSR) — sovet va qozoq futbolchisi.




Biografiya



Qaratau futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U Jambulning „Ximik“ va Chimkentning „Melliorator“ jamoalarida hujumchi sifatida oʻynagan. 1985—1987-yillarda Chimkentning „Meliorator“ klubida oʻynab, bir qancha muhim gollar muallifiga aylangan. 1988 yilda u oʻzining tugʻilgan klubiga qaytdi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda Oʻzbekiston SSRning „Avtomobilist“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 1996-yili „SKIF-Ordabasi“ klubida bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng faoliyatini yakunladi.


1993-yil „Taraz“ jamoasi safida Qozogʻiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari (28 gol) boʻldi. U faoliyati davomida 113 ta kiritgan goli bilan Qozogʻistonning eng yaxshi 100 ta (G100) toʻpurarlari klubiga kiritilgan.



Yutuqlar




Manbalar




Havolalar










uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz