Aleksandr Shleyxer




Aleksandr Ivanovich Shleyxer (1900.1.11, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Penza gubernyasi — 1990.23.11, Toshkent) — agronom, professor (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1925). Buxoro viloyati Shirabudin qishloq xoʻjaligi tajriba styasida iqtisod boʻlimi mudiri (192731), SoyuzNIXIda sektor mudiri (1931—33), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti oʻsimlikshunoslik kafedrasi mudiri (1931—42), dots. (1946—68), paxtachilik kafedrasi mudiri (1968—73). Ilmiy ishlari gʻoʻza biologiyasi va agrotexnikasi masalalari (chigitni ekishga tayyorlash, unib chiqqan nihollarning siyrakligini toʻldirish, koʻchat qalinligi, qiya yerlarga keng qatorlab ekishda egatlar chuqurligi va boshqalar)ga bagʻishlangan.



Manbalar
















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz