Aleksandr Shakalov
Aleksandr Shakalov (ukraincha: Олександр Васильович Шакалов; 1982-yil 26-martda Ukraina SSR, Dnepropetrovsk shahrida tugʻilgan) — ukrainalik figurali uchuvchi. 2003-yildan 2007-yilgacha xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.
Faoliyati
Shakalov faoliyatining ilk yillarida Ukraina davlati sharafini himoya qilgan. Viktoriya Polzykina, Yuliya Grigorenko bilan chiqishlar qilgan va xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. 2003-yildan 2007-yilgacha u Olga Akimova bilan sheriklikda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan va bir qancha xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan. Ular 2004—2005-yillarda O‘zbekiston milliy chempioni bo‘lgan. 2009-yilda Shakalov Siobhan Heekin-Kenedy bilan birgalikda chiqishlar qila boshladi va oʻz vatani uchun musobaqalarda ishtirokni davom ettirdi. Shakalovga er-xotin Galit Chait va Natalya Dubova murabbiylik qilgan. Ular 2011-yilgi Jahon chempionatidan keyin bu faoliyatni toʻxtatgan. Aleksandr Shakalov 2011-yilgi jahon chempionatidan soʻng figurali uchishda sportchilik faoliyatini yakunlagan. Hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Polzykina bilan 2000—2001-yillarda birgalikda ishlagan va Charleston, Quickstep: The Continental kabi chiqishlarni amalga oshirgan. Grigorenko bilan Paso doble, Flamenco kabi chiqishlarni amlga oshirgan.
Aleksandr Shakalov faoliyati davomida 1 karra Ukraina chempionatida gʻolib chiqqan. Jahon chempionatidagi ishtiroki 15-oʻrin bilan yakunlangan. Yevropa chempionatida ham faol ishtirok etgan, jumladan ishtiroklari soni 1 tani tashkil etadi, oʻrin esa 11. Shuningdek, Nebelhorn kubogida 10-oʻrin, Finlandiya kubogida 6-oʻrin, Kupe de Nitsada 4-oʻrin, Mont Blan kubogida 5 marta ishtirok va 4-oʻrin, Lion kubogida 3-oʻrinni egallagan. Olga Akimova bilan Assassinʼs Tangosi chiqishi maashhur boʻlgan.
Dasturlar
Heekin-Canedy bilan
Akimova bilan
Natijalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org