Aleksandr Raykov





Aleksandr Vadimovich Raykov (ruscha: Александр Вадимович Райков; 9-dekabr, 1989-yil; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonlik intellektual teleshoular va musobaqalar oʻyinchisi. «Svoya igra», «Chto? Gde? Kogda?» va «Breyn-ring» musobaqalarining sport sohasi ishtirokchisi. 2010-yilning 14-noyabr kuni, 20 yoshida «CHGK»ning sport mavzusidagi musobaqasida «Nikita Mobayl Te Te» jamoasi safida jahon chempioni boʻldi va ushbu intellektual musobaqa sohasi boʻyicha U eng yosh bilimdonlar safiga kirdi.


Aleksandr Raykov 1989-yilning 9-dekabr kuni Toshkent shahrida, rus oilasida tugʻilgan. Bobosi - Boris Nikolayevich Raykov rassom boʻlgan va SSSR rassomlari Ittifoqi aʼzosi hisoblangan. Aleksandr Raykov Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 225-sonli maktabda tahsil olgan. M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkentdagi filialining psixologiya fakultetini tugatgan.




Yutuqlari



Jamoaviy



«7Hz» jamoasi safida

«Nikita Mobayl Te Te» jamoasi safida

«Mi» jamoasi safida

«Mossad» jamoasi safida

«ParadoX» jamoasi safida

«Paxtakor» jamoasi safida

Shaxsiy




Boshqa faoliyati



Aleksandr Raykov daraxtlarni kesishga qarshi chiqib keladi. Jurnalistlar tomonidan uning ekologik muammolarga qarshi fuqaroviy pozitsiyasi aytilib oʻtilgan.


Shuningdek, Aleksandr Raykov Ruscha Vikipediya ishtirokchilaridan biri hisoblanadi (avval Raykoffff, keyinroq esa Carpodacus niki ostida). Ruscha Vikipediyada U yakunlarni hal qiluvchi statusiga ega. Oz-moz Oʻzbekcha Vikipediyada ham kichik tahrirlar qilib turadi. 2013-yilda Uzinfocom kompyuterli va informatsion texnologiyalar markazida «Vikipediyani qanday toʻldirish mumkin» mavzusida seminar-trening oʻtkazdi.



Manbalar




Havolalar















uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz