Aleksandr Popovich





Aleksandr Anatolyevich Popovich (rumincha: Alexandru Popovici; 1977-yil 9-aprel, Tiraspol, Moldaviya SSR, SSSR) — moldovalik futbolchi, hujumchi.




Biografiyasi



Aleksandr Anatolyevich Popovich 1977-yilning 9-aprelida SSSR Moldaviya SSRning Tiraspol shahrida tavallud topgan. Yoshligidan futbol bilan shugʻullangan. Oʻyindagi vazifasi — hujumchi. Popovich Kiyev Respublika oliy jismoniy tarbiya maktabini tamomlagan.



Karyerasi



1994-yilda futbolchi Ukraina havaskorlar chempionatida Kiyev Olimpiadasi uchun ikkita oʻyin oʻtkazadi.


1994—1999-yillarda Tiraspolning „Tiligul“ jamoasida, 1998-yilda esa Germaniyaning „Duysburg“ klubllarida jami 4 ta oʻyinda ishtirok etgan.


1999-yilda Popovich Rossiyaning „Dinamo“ klubi safiga (Moskva) oʻtadi va 3 aprel kuni klub tarkibida oʻzining yagona oʻyinini oʻtkazadi. Keyingi bir yarim mavsum davomida futbolchi „Torpedo-ZIL“ jamoasi tarkibida oʻyinlarda ishtirok etadi.


2001-yilda Popovich Janubiy Koreyaning „Sonnam Ilva Chunma“ klubi tarkibida 6 ta, 2002-yilda Moldovaning „Konstruktorul“ (Chobruchi) jamoasi tarkibida esa ikkita oʻyinda maydonga chiqadi.


2002—2008-yillar futbolchi Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk), „Krivbas“ (Krivoy Rog) (2004—2006), „Zarya“ (Lugansk) (2007—2008) klublarida toʻp surgan.


2008-2009-yillarda Popovich „Tiligul-Tiras“ jamoasi safida umumiy hisobda 9 ta marotaba: uch marta — Kishinyovning „Dachiyu“ (2008), Ozarbayjonning „Semurgʻ“ (Zaqatala, 2009), Benderning „Dinamo“ (2009) klublariga ijaraga beriladi.


2010—2011-yillarda „Iskra-Stal“ „Ribnitsa“ jamoasi tarkibida, 2011-yilning ikkinchi yarmida esa Oʻzbekistonning „Andijon“ klubida oʻyin olib boradi.


2012-yilda u Tiraspolga qaytib keladi va u yerda xuddi shu nomdagi klub tarkibida oʻyinlarda ishtirok etadi.


2014-yildan beri futbolchi FK „Saksan“ klubi tarkibida raqiblarga qarshi maydonga chiqadi.


1996—2005-yillarda Popovich Moldova terma jamoasi safida jami hisobda 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 marotaba raqib darvozasini ishgʻol qilishga muvaffaq boʻlgan.



Yutuqlari




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz