Aleksandr Murashov
Aleksandr Aleksandrovich Murashov (19-noyabr 1928-yil – 12-oktyabr 1957-yil) – sovet sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya
Murashov oʻz futbolchilik faoliyatini 1950-yilda Moskva dengiz floti klubida harbiy xizmatni oʻtayotgan vaqtida boshlagan va jamoa bilan birgalikda SSSR „A“ toifasidagi ligada ishtirok etgan.
Murashov 1951-yilda „A“ toifasidagi ligada, jamoa uchun quyidagi jamoalarga qarshi 5 ta oʻyinda maydongga tushgan: Zenit Leningrad (0:0), CDSA (0:4), Dinamo Tbilisi (0:0), Shaxtyor Stalino (0:1) va Moskva Spartak (3:5). Mavsum oxirida jamoa SSSR „A“ toifasidagi ligani tark etdi. 1952-yilda Murashov oʻzining eng yaxshi mavsumini oʻtkazdi. 1953-yilda 4 oʻyindan soʻng jamoa tarqalib ketdi va Murashov Moskvaga qaytib keldi. Murashov Moskvada uch yil „Zenit“ jamoasida oʻynadi (1955-yilda Moskva viloyatining Kaliningrad jamoasi).
1956-yilda yanggi tashkil etilgan "Paxtakor" jamoasida oʻynash taklifini qabul qildi. 1956-yil 8-aprelda SSSR chempionatining „B“ toifasidagi birinchi rasmiy uchrashuvida Molotov shahri jamoasiga qarshi (1:0) ishtirok etdi.
Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlarining birinchi Spartakiadasida qatnashib, 4 ta oʻyin oʻtkazgan.
1956-yil 5-noyabrda „Paxtakor“ tarkibida Olimpiada oldidan soʻnggi mashgʻulotni oʻtkazayotgan SSSR terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:11) ishtirok etdi.
Yutuqlar
Jamoa Shaxsiy Klub statistikasi
Oʻzbekiston SSR terma jamoasining ishtiroki
Manbalar
uz.wikipedia.org