Aleksandr Mojayskiy




Mojayskiy Aleksandr Fyodorovich (1825, Finlandiya — 1890, Peterburg) — uchish apparatlari yaratish sohasidagi tadqiqotchi va ixtirochi. Peterburg (Rossiya) dagi Dengiz kadet korpusini tugatgan (1841), harbiydengiz flotida xizmat qilgan (1841-62, 1879- 82). Generalmayor unvonida isteʼfoga chiqqan (1882, 1886-yildan kontr-admiral). M. havodan ogʻir uchish apparati (samolyot) yaratish borasida nazariy va amaliy ishlar bilan shugʻullangan, 1876-yil oʻz modellarining uchishini namoy-ish qilgan. Oʻzi yasagan samolyot („havoda uchuvchi snaryad“) ga patent olgan (1881). Samolyotga ikki (biri 20 o.k.ga, ikkinchisi 10 o. k.ga ega boʻlgan) bugʻ mashinasi oʻrnatgan. M. samolyotida hozirgi samolyotlarning besh asosiy qismi: tana (korpus), qanot, kuch qurilmasi (dvigateli), quyruq qanot va shassi boʻlgan. Samolyotning uchganligi toʻgʻrisida rasmiy hujjatlar saqlanmagan.



Manbalar



















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz